08:30 / 22.05.2021
3 080

Oyoqlar bilan eng ko‘p tarqalgan 10 muammoni qanday bartaraf qilish mumkin?


Foto: Freepik
Ushbu tavsiyalar har qanday ayol-qizga foydali bo‘lishiga shubha yo‘q.

1-muammo: Sellyulit
Rostini aytganda, ayollar uchun tabiiy ekani hisobiga selyullitdan butunlay qochib bo‘lmaydi. Ammo paydo bo‘lishini biroz kamaytirishga erishish mumkin. Vazningizdan kelib chiqib har bir kilo uchun 30 ml suv iching, bu terining elastikligini oshirishga yordam beradi. Ortiqcha suyuqlikdan qutilish uchun esa ratsionga tarkibida kaliy bo‘lgan mahsulotlar qo‘shish tavsiya qilinadi. Bu orqali siz bir vaqtning o‘zida vazn kamayishi, terining taranglashishiga erishasiz.

2-muammo: Kapillyarlarning yulduzcha shaklida ko‘rinishi
Oyoqlarda kapillyarlarning setkaga o‘xshab ko‘zga tashlanishi sizda varikoz ekanini bildirmaydi. Bu muammoni bartaraf qilishga lazerli koagulyatsiya seansi yordam beradi.

3-muammo: Varikoz
Oyoqlardagi yaqqol ko‘zga tashlanadigan qon tomirlarni flebologga ko‘rsatish kerak. Venalar UZI orqali tekshirilganidan keyin shifokor sizga skleroterapiya qildirish kerakligini aytishi mumkin. Bunda ikki-uch hafta davomida tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘ladi.

4-muammo: Terining osilib qolishi
Keskin ozish yoki semirish oqibatida teri deformatsiyalanishi va osilib qolishi mumkin. Bunday vaqtda sizga lazerli muolaja yordam beradi. 5-7 haftadan keyin ijobiy o‘zgarishga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

5-muammo: Tovonlarning qurib qolishi
Poyabzal ichidan 100 foiz paxtadan tikilgan paypoq kiyilmaganda oyoq terlaydi keyin esa qotib qoladi. Bunday vaqtda antiperspirantlar, antibakterial xususiyatga ega tibbiy vositalar va tovonlarni yumshatadigan kremdan foydalanish tavsiya qilinadi.

6-muammo: Oyoq teri rangining bir xilda bo‘lmasligi
Depilyatsiya yoki epilyatsiyadan keyin yuzaga kelgan mazkur muammoni bartaraf qilish uchun piling va skrablardan foydalaning.

7-muammo: Tirnoqning noto‘g‘ri o‘sishi
Tirnoqlar haddan ortiq kalta qilib olinganda va shu bilan birga oyoqni siqib turadigan paypoq kiyilganda tirnoq plastinasining chetki qismi teriga qadalishi va yallig‘lanish keltirib chiqarishi mumkin. Podolog shifokor maxsus plyonka yoki plastik yordamida muammoni bartaraf qilishi, shuningdek, antibakterial vositalardan vanna qilish kerakligini aytadi.

8-muammo: Tuklarning terining ichiga qarab o‘sishi
Bunday holat kuzatilishiga asosan terining ustki qavati quruqligi va qalinligi sabab bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda terini namlantiruvchi va oziqlantiruvchi kremlar yaxshi samara beradi.

9-muammo: Terining dag‘allashishi
Noqulay poyabzal, ortiqcha vazn sabab yuzaga keladigan muammoni pedikyur muolajasi davomida bartaraf qilish mumkin. Qayta takrorlanmasligi uchun esa qulay poyabzal kiyish tavsiya qilinadi.

10-muammo: Oyoq kafti tagidagi so‘gallar
Oyoq kaftining tagidagi so‘galning qadoqdan farqi — unga qo‘l bilan teginganda sezilishida. Kelib chiqishiga odam papilloma virusi sababchi bo‘ladigan so‘galni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlasa bo‘ladi. Shundan keyin dermatolog shifokor virus va zamburug‘ga qarshi davo choralarini yozib beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oyoqlar bilan eng ko‘p tarqalgan 10 muammoni qanday bartaraf qilish mumkin?