11:00 / 26.05.2021
2 820

Qon bosimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradigan 10 ta hissiyot


Foto: Getty Images
Tashvish va havotirlar sabab qon bosimi tez-tez o‘zgarib turadi. Gipertoniya va gipotoniya — bu psixosomatik kasallik bo‘lib, ularning har biri uchun nafaqat tashvish va havotir, balki turli xil his-tuyg‘ular javob beradi. Albatta, ushbu kasalliklarni davolashda shifokor yurak faoliyatini tekshirishi kerak, ammo ruhiy muvozanatni ham hisobga olish lozim. Aks holda alomatlar yana takrorlanadi yoki kasallik surunkali holatga aylanadi.

Yuqori qon bosimi (gipertoniya) sabablari
Birinchi navbatda, uzoq muddatli stress yurakka yomon ta’sir qiladi: yurak urishi tezlashadi, tom ma’noda yurak ko‘krak qafasidan chiqib ketadigandek uradi. Ammo kamdan kam uchraydigan stressli vaziyatlarda bu unchalik zarar yetkazmaydi.

Gipertoniyaga ko‘pincha nima sabab bo‘ladi?
  • Havotir, qo‘rquv. Yuqorida aytilganidek, to‘satdan paydo bo‘lgan stress darhol yurak urishini kuchaytiradi va qon bosimini oshiradi.
  • Yoqimsiz vaziyat. Biz ko‘rinmaydigan dushmanga qarshi kurashamiz, tanani harakatga keltirishga majbur qilamiz va shu bilan unga zarar yetkazamiz.
  • Pessimizim. Boshqalar va o‘ziga nisbatan noumidlik.
  • G‘azab, kuchli salbiy hissiyotlar.
  • Mukammallik. Doimiy ravishda mukammalikka intilish jarayonida tana bo‘shasholmaydi va uning asosiy dvigateli bo‘lgan yurak urishi ham tezlashib boradi.
  • Xudbinlik, hamma narsani (odamlarni, vaziyatlarni) doimiy ravishda nazorat qilish istagi va boshqaruv yo‘qolgan taqdirda norozilik yoki tashvish. Ba’zilar uchun bu usul ba’zan manipulyatsiya sifatida foydalaniladi.
Gipertoniyani davolash paytida nafaqat dori-darmonlarni qabul qilishdan tashqari, tashvish, qo‘rquv, vahimaga qarshi kurashishni ham o‘rganish, shuningdek, ijobiylik va yengillikni his qilish muhimdir.

Qon bosimining pastligi (gipotoniya) sabablari
Agar yuqori qon bosimi ko‘pincha o‘ta faol va agressiv odamlarda uchrasa, past qon bosimida esa buning aksi bo‘ladi. Omillar:
  • Yopiqlik, o‘z-o‘ziga bosim, qat’iyat yetishmasligi. Tanadagi energiya tashqariga chiqishi kerak, agar chiqarilmasa (turli sabablarga ko‘ra) u tanani charchatib, organizmda aylanib yuradi.
  • Noumidlik. Organizm taslim bo‘lib, kelajakka ishonch yo‘qolsa, tana ham aksiga ishlay boshlaydi.
  • Yolg‘izlik, tashlandiqlik va nochorlik hissi, mehr yetishmasligi (ba’zan bu bolalikdanoq boshlanishi mumkin).
  • O‘z hayoti uchun javobgarlikni zimmasiga olishdan bosh tortish. Bunday odamlar hamma narsada vaziyatlarni va boshqa odamlarni ayblaydi, shuningdek, ular juda xurofotga berilgan bo‘ladi.
Bunday hollarda davolash kompleks tarzda olib borilishi lozim. Bunda inson o‘z potensialini ro‘yobga chiqarishi va uni qanday amalga oshirishni bilishi muhimdir. Bundan tashqari, qanday qilib maqsadlar qo‘yishni va ularni bosqichma-bosqich amalga oshirishni o‘rganishingiz lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qon bosimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradigan 10 ta hissiyot