08:58 / 27.05.2021
2 391

Ko‘rishda muammo kuzatilmasligi uchun amal qilish kerak bo‘lgan 9 tavsiya


Foto: Freepik
Ko‘z bilan bog‘liq turli kasalliklar kelib chiqmasligi, ko‘rish qobiliyati susaymasligi uchun gigiyenaga rioya qilish kerak bo‘ladi.

Kompyuter va telefon ekraniga haddan ortiq tikilish
Ekranga tikilib qarab turganda odam odatdagidan kamroq ko‘zini ochib-yumadi. Ko‘zni ochib-yumish ko‘zga infeksiya tushishidan himoya qiladi. Ko‘zning qurishi yaxshilikka olib kelmaydi. mutaxassislar har 20 daqiqada ekran qarshisidan uzoqlashishni tavsiya qiladi.

Allergiya
Allergiyani davolovchi aksariyat tabletkalar ko‘zlarning qurish sindromini rivojlantiradi, shu sabab ham bu vaqtda, shuningdek, namlantiradigan tomchi dorilardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Qorong‘ida ekranga qaramang
Kechasi telefonning yorug‘ ekraniga qarash nafaqat ko‘zlar salomatligi, balki miya faoliyatiga ham ta’sir etmay qolmaydi.

Vitamin qabul qiling
Chernika va sabzidan tashqari oftalmologlar tarkibida zeaksantin bisyor bo‘lgan qovoq, apelsin, tuxum sarig‘i va jo‘xori iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Linzani keragidan ortiq vaqt taqib yurmang
Bir martalik linzadan qayta foydalanish yoki haftaligini oylab taqib yurish ko‘zga infeksiya kirishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘z namlanishiga ham salbiy ta’sir qiladi.

Lyuteinga boy mahsulotlarni kanda qilmang
Ko‘rish qobiliyati uchun foydali bo‘lgan lyuteinga boy qovun, qovoqcha, kivi, uzum va ismaloq iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Televizordan dam oling
20/20/20 qoidasiga amal qilib, har 20 daqiqada ko‘zlaringizni ekrandan olib qochib, 20 soniya davomida 20 fut (6,5 metr) uzoqlikdagi narsalarga qarang.

Qora ko‘zoynak taqing
Quyoshning ultrabinafsha nurlari kataraktani rivojlanishiga olib keladigan eng ko‘p tarqalgan sabablardan biri sanaladi.

Makiyajni yuvmasdan uxlamang
Tush va ten qoldiqlari hamda suyuq podvodka ko‘zga kirib, zarar yetkazishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘rishda muammo kuzatilmasligi uchun amal qilish kerak bo‘lgan 9 tavsiya