19:53 / 27.05.2021
1 266

Quyosh urganda yordam beradigan 6 tavsiya

Quyosh urganda yordam beradigan 6 tavsiya

Foto: Freepik
Yozda ko‘pchilik odamlar aksariyat vaqtini ko‘chada o‘tkazadi, sohil yoki dam olish maskanlarida quyosh nurida toblanadi. Bu vaqtda terining kuyishiga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Vanna qabul qiling
Vannani sovuq suv bilan to‘ldiring, terida yallig‘lanish qo‘zg‘atmasligi uchun sovundan foydalanmang. Zarur bo‘lsa, bolalar sovunidan foydalaning.

Terini tinchlantiring
Muz kubiklarini teriga surting yoki muzdek suv bilan ho‘llangan sochiqdan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Terining eng issiq qismiga sovuq kompress qo‘ying. Yoningizda muz bo‘lmasa, muzlatkichdagi istalgan mahsulotni yupqa matoga o‘rab foydalansangiz bo‘ladi. Ko‘z atrofidagi teri kuygan bo‘lsa, muzdek suvga solingan choy paketi yaxshi samara beradi.

Vositalardan to‘g‘ri foydalaning
Kuyishda ishlatiladigan va tarkibida gidrokartizonli istalgan maz bu borada sizga yaxshi yordam beradi.

Suv iching
Suv ichishni kanda qilmaslik chanqov hissini qondirib, terining qurib qolmasligidyaxshi yordam beradi. Tarkibida suv bo‘lgan meva va sabzavotlar iste’mol qilish ham yaxshi samara beradi.

Terini namlantiring
Terini namlantiruvchi istalgan kremni surting. Aloy o‘simligidan ham foydalanishingiz mumkin. Buning uchun kuygan teriga o‘simlik sharbatini surting.

Yumshoq to‘shak
Kuygan terining og‘rig‘i qattiq joyda yotganda yanada zo‘rayishi mumkin. Shuning uchun bunday paytda yumshoq to‘shakdan foydalaning.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Quyosh urganda yordam beradigan 6 tavsiya