18:18 / 30.05.2021
3 130

Endi malina mog‘orlamaydi: meva va sabzavotlarni yangidek saqlashning 13 usuli


Foto: «Domashniy ochag»
Malina, olma, kartoshka, pomidor, ko‘katlar, banan, avokado, qo‘ziqorin – ushbu mahsulotlarning barchasi endilikda oshxonada uzoq vaqt turishi mumkin. To‘g‘ri saqlash ularning umrini uzaytirishga yordam beradi.

Salat bargi yoki bodringni sovitkichga qo‘yishdan oldin ularni qog‘oz sochiq yoki salfetkaga o‘rash lozim
Qog‘oz sovuq haroratda sabzavotda hosil bo‘lgan kondensatsiyani o‘zlashtiradi. Haddan tashqari namlik ularning chirishiga olib keladi, salfetkalar esa bu jarayonni to‘xtatadi va sabzavotlarni yangidek saqlashga yordam beradi. Hattoki har bir bodringni qog‘ozga o‘raydigan uy bekalari bor va ular chindan ham yaxshi natijaga erishgan.

Olma bilan kartoshkani bitta xaltaga solish kerak
Olmalar etilen gazini chiqaradi, bu kartoshkaning bir necha hafta davomida yangi va qattiq turishiga yordam beradi.

Ammo olmalarni boshqa meva va sabzavotlardan uzoqroq tutish tavsiya etiladi
Kartoshka uchun foydali bo‘lgan etilen deyarli hamma sabzavot uchun zararli. Shuning uchun, ularni apelsin va uzum yoniga qo‘yib bo‘lmaydi. Sovitkichda olma boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga ta’sir qilmasligi uchun ularni alohida paketda saqlash kerak.

Bananni iste’mol qilishga qadar ularni bir-biridan ajratmaslik lozim
Kundalik ratsion uchun ovqatni oldindan qismlarga bo‘lib qo‘yish mumkin. Ammo bananlar uchun bu zararli. Sotib olingandan so‘ng bir guruh bananlarning birlashgan qismini oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘rash yaxshiroq va iste’mol qilishdan oldingina ularni ajratish mumkin. Shundagina ularning rangi qoraymaydi va 3-5 kun davomida yaxshi saqlanadi.

Rezavorlarni sirka eritmasi bilan yuvish
Rezavorlar qanchalik yoqimli bo‘lmasin, ularning sifati ko‘z ochib yumguncha o‘zgaradi. Lekin oshxona sirkasi va suv 1:3 nisbatda aralashtirilib, so‘ngra rezavorlarni aralashmada yuvish kerak. Shundan keyin qog‘oz sochiq bilan quritilib, muzlatkichga qo‘yiladi. Sirka mahsulotning yomonlashishiga olib keladigan mog‘or va bakteriyalarni yo‘q qiladi.

Pomidor muzlatkichda saqlamaydi
Bu ularning ta’mi va suvli tuzilishini yo‘q qiladi. Ularni deraza yaqinida saqlash yaxshiroqdir. Shuningdek, kartoshka va piyozni ham salqin, qorong‘i va quruq joyda saqlash tavsiya etiladi.

Seldereyni folgaga o‘rash mumkin
Supermarketdan olingan plastik qadoqlar ham seldereyni uzoq saqlashga yordam bermaydi. Aluminiy folga seldereyni ko‘proq vaqt muzlatkichda turishiga sabab bo‘ladi.

Ko‘katlarni dastalab saqlash
Yangi ko‘katlar yaxshilab yuviladi, bir stakan suvga solinadi va ochiq joyda saqlanadi. Shuningdek, ularni shundayligicha dasturxonga ham qo‘yish mumkin. Har kim ta’biga ko‘ra iste’mol qilaveradi.

Ko‘katlar quriy boshlaganda, ular zaytun moyi bilan muzlatishga qo‘yiladi
Ko‘katlaringiz rangi o‘zgara boshlaganda, ularni maydalab, bo‘sh idishga joylashtiriladi, so‘ngra zaytun moyini quyib, muzlatkichga qo‘yiladi. Afsuski, kungaboqar yog‘i buning uchun mos kelmaydi. Ko‘katlar muzlagach, muz ulardan xohlagan vaqtda eritgan holda foydalanish mumkin.

Qo‘ziqorinlar qog‘oz xaltada saqlangani ma’qul
Qo‘ziqorinlar namlik tufayli o‘z sifatini buzadi. Boshqa idishlardan ko‘ra qog‘ozda namlik bug‘lanadi, shuning uchun ular toza va quruq holda turadi.

Avokado xona haroratida saqlanadi
Avokado pishganligi uni yengil siqish bilan tekshiriladi. Agar u juda qattiq bo‘lsa, u yumshaguncha ochiq havoda saqlanadi va u pishgach muzlatkichga qo‘yiladi. Agar avokadoning faqat yarmi iste’mol qilinsa, ikkinchi yarmida chuqur qoldiriladi va limon sharbati quyiladi.

Mayiz havo o‘tkazmaydigan idishda saqlanadi
Mayiz o‘zida zarur elementlarni, shu jumladan, namlikni saqlaydi. Agar mayiz qurib qolsa, ularni bir-ikki soat issiq suvga solinadi. Ammo oldini olish har doim keyingi choradan yaxshiroqdir.

Muzli suvda salat barglari yangilanadi
Agar salat barglari so‘lib qolsa, ularni tiklashning yo‘li bor. Ular yaxshilab yuvilib, muzli suv bilan to‘ldirilgan idishga solinadi. Tiklanishiga qarab uni 5 dan 30 daqiqagacha yangilab turiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Endi malina mog‘orlamaydi: meva va sabzavotlarni yangidek saqlashning 13 usuli