14:40 / 02.06.2021
2 510

Qanday qilib foydali muzqaymoq tanlash mumkin?


Foto: Freepik
Havo harorati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lgan muzqaymoq yoz kelishi va kunlar isishi bilan yanada dolzarbroq bo‘ladi. Maksimal darajada foyda bo‘lishi va shu bilan birga qomatga salbiy ta’sir qilmasligi uchun muzqaymoqni qanday tanlash kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Kaloriyaga boyligi sabab ham muzqaymoqni har kuni iste’mol qilishdan tiyilish kerak. Mazkur shirinlik tarkibida shakar haddan ortiq darajada va ayrimlarida esa sut yog‘i ham bisyor bo‘ladi. Masalan, klassik qaymoqli plombirning 100 grammida 18 gramm yog‘ mujassam bo‘ladi. Aynan shu sabab ham uni xarid qilishdan avval buni yodda tutish va me’yorni bilish tavsiya qilinadi.

Bunday desert juda ham og‘ir tuyulsa, parhezbop variantlar, masalan, yogurtli muzqaymoqlarni tatib ko‘rish kerak. Uni ishlab chiqarish davomida sut va qaymoq o‘rniga yog‘siz yogurtdan foydalaniladi. Kaloriyasi kam bunday muzqaymoq oqsil, D vitamini, kalsiy va magniyning ham koni sanaladi. Yogurtli muzqaymoq oddiysi singari shirin bo‘lmasligi mumkin, ammo unga nafaqat mazali balki foydali bo‘lishiga hissa qo‘shadigan barra mevalar, rezavor va yong‘oq solib yesa bo‘ladi.

Mevalarni yaxshi ko‘radiganlarga sorbet (mevalar sharbati yoki pyuresiga shakarli sirop qo‘shib tayyorlanadigan muzqaymoq)ga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Mevalar pyuresidan tayyorlanadigan mazkur shirinlikka aksariyat hollarda sut va qaymoq qo‘shilmaydi, mazali bo‘lish bilan birga, kaloriyasi kamligi hamda vitaminlarga boy ekani o‘ziga xos sanaladi. Salomatlik uchun zararli bo‘lgan shakar o‘rnini bosuvchi vositalar, bo‘yoq va konservantlardan tayyorlangani sabab esa muzli muzqaymoqlardan voz kechgan yaxshi. Qolaversa, uni uyda tayyorlash ham mumkin: buning uchun sevimli mevalaringiz sharbatini muzlatkichga solib qo‘yishning o‘zi kifoya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday qilib foydali muzqaymoq tanlash mumkin?