14:11 / 05.06.2021
2 653

Koronavirusga chalinib, undan tuzalgan kishining maslahatlari


Quyidagi yozganlarim malakali doktorni tavsiyalariga asoslangan, qolaversa tajribadan kelib chiqqan. Butun oilamiz bilan mart oyida kasal bo‘lgandik. Test topshirganman, natijasi musbat chiqqan.

Allohga umid bor, kor qiladi deb o‘ylayman:
1. Zanjabilni limon bilan shakar/asal qo‘shib doimiy ichdik.
2. Zaytun yog‘iga evkalipt yo mentol ekstraktini qo‘shib, tananing old va orqa qismlariga soat yo‘nalishi bo‘yicha yedirib surdik.
3. Qora sedana, manuka asali iste’molda bo‘ldi.
4. Piyozni olmani yegandek, chesnokni gajakni yegandek yeyish kerak.
5. Vitamin S va D larni ichish kerak, misol uchun kivi vitamin S bo‘yicha limondan ikki chandon yaxshi.
6. Apparatda emas, eski usulda, kastryulga 1-1,5 litr qaynab chiqqan suvga bitta limon to‘g‘rab, bir osh qoshiq gimalay tuzi (yirik osh tuzi, soda ham bo‘lsa kerak) solib ustimizdan yopinib, ingalyatsiya qildik; agar nafas siqayotgan bo‘lsa, 3-4 tomchi evkalipt tomizvorsa ham bo‘ladi.
7. Piyozni ikkiga bo‘lib, xona burchaklariga qo‘ydik; yana uyqudan oldin piyozni ikkiga bo‘lib, tovonlarga qo‘yib, paypoq kiyish kerak degan tavsiya ham bor.
8. Simptomlar hammada har xil: tomoq qichishishi, isitma, yo‘tal, diareya, badan, bo‘g‘in va oyoqlardagi og‘riqlar, ta’m va hid sezish yo‘qolishi va hokazo;
9. Isitmani tushirish uchun spirtni issiq suvga qo‘shib, tanamizni artdik, paratsetamol ham ichdik.

(Antibiotikni aqlsiz odam ichsa kerak, chunki bu virus o‘rganilmagan).
Tarkibida Ibuprofen bor dorilardan saqlanish kerak.

Og‘riqlar juda kuchayganda oddiy og‘riq qoldiruvchi iste’mol qilindi, lekin bir marta ichib, boshqa ichmadim, kalovlatib qo‘ydi.

Bolalarda yengil o‘tdi, uzog‘i uch kun, tomoqlari qizardi, biroz isitma chiqdi.
Kattalarimizga ehtiyot bo‘laylik, alohida xonada izolatsiya qilingan yaxshi.

Hammayoqda salbiy, tushkun gaplari bo‘lgani uchun aytishim mumkinki, 3-4 tanishim shuni qo‘llab, Allohning izni bilan sog‘ayganini sezishmoqda. Bu kasalning biroz vahimasi bor, lekin qattiqroq gripp misoli, ya’ni, bizning mintaqa vakillarida nisbatan yengil o‘tadi, Insha Alloh.

Abdulazim Ozod
Manba: Tib va shifo kanali

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koronavirusga chalinib, undan tuzalgan kishining maslahatlari