Foto: Getty Images
Qimmat kosmetik vositalar xarid qilish, kosmetologga borishga hojat yo‘q yuzdagi muammolarga to‘g‘ri uqalash muolajasi bilan ham yechim topsa bo‘ladi.
Shishlar
Ertalab ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishi va kechasi yaxshi uxlamagani yuzida aks etadiganlar uchun massaj eng yaxshi variant. Bunda siz mutaxassisga murojaat etishingiz yoki maxsus gadjet bilan o‘zingiz qilishingiz mumkin. Buning uchun 15 daqiqa ajratsangiz kifoya.
Spazm
Uyqu davomida tishlarni bir-biriga haddan ortiq tekizish, uyg‘onganda jag‘larda og‘riq bilan uyg‘onishga ham massaj yaxshi samara beradi. Yuzni to‘g‘ri massaj qilish jag‘ mushaklarini tinchlantirib, markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Mustaqil ravishda bunday massaj qilish oson emas — mushaklarni to‘g‘ri va chuqurroq bosish kerak.
Yuz terisi rangining o‘zgarishi
Yuz terisining so‘lg‘in ko‘rinishini bartaraf qilishda massajdan yaxshisi yo‘q. Uqalash davomida qon aylanishi yaxshilanib, yuz kerakli vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlanadi. Yanada yaxshi samara bo‘lishi uchun bo‘yinni ham qo‘shib massaj qilish kerak.
Ajinlar
Piling ham samara bermayotgan ajinlarga yuza emas, mushaklar bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassisning to‘g‘ri massaj qilishi teri qatlamlariga ta’sir qiladi va mushaklar ahvoli yaxshilanishiga hissa qo‘shadi. Muayyan mushaklarni bloklagani sabab hatto botoks ham bunday samara bermasligi mumkin.
Yuz konturining o‘zgarishi
Yosh o‘tishi bilan yuz shakli avvalgidek aniq bo‘lmay, teri ham osila boshlaydi. Bu tonusning yo‘qolishi hamda ortiqcha shishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Apparatli va qo‘l massajining umumlashtirilishi kollagen va elastin ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Buning hisobiga teri avvalgidan sezilarli darajada farqli bo‘ladi. Qolaversa, ayrim vaqtda yuzdagi muammolarni bartaraf qilish uchun organizmdan ortiqcha suvni chiqarib yuborishni o‘zi kifoya bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»