08:00 / 17.06.2021
1 762

Salomatlik yomonlashishiga olib keladigan 10 ta odat

Salomatlik yomonlashishiga olib keladigan 10 ta odat

Foto: «Domashniy ochag»
Siz-u biz har kuni yo‘l qo‘yadigan, salomatlik bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishiga hissa qo‘shadigan xatolar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

O‘tirgan holda ko‘p vaqt o‘tkazish
Ko‘p o‘tirib vaqt o‘tkazish, shifokorlarning fikricha, chekish va spirtli ichimlikdan ham ko‘proq zarar yetkazadi. Kun davomida 4 soatdan ko‘p o‘tirganda ikki haftadan keyin salomatlikda muammolar: qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, saraton kelib chiqish xavfi ortishi mumkin bo‘ladi. Buning oldini olish uchun esa har soatda o‘rnidan turib mashq bajarib turish va faol bo‘lish kerak.

Grilda pishgan go‘sht va sabzavotlarni kanda qilmaslik
Qaddi-qomat uchun xavfsiz bo‘lgan kabob va grilda pishgan sabzavotlarni salomatlik uchun foydali deb bo‘lmaydi. Tayyorlanish jarayonida kuygan yegulik saraton kelib chiqishiga hissa qo‘shgani sabab ham shifokorlar kuygan qismini yemaslik va kichik porsiyada iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Stressga qarshi kurashmaslik
Uy, o‘qish, ish va deyarli har yerda odamning asabiylashishi uchun yetarli sabablar topiladi. Stress gormoni — kortizolning ko‘p ajralishi hujayralarning insulinga bo‘lgan sezuvchanligini yo‘qolishiga, metabolizm, uyqu yomonlashishiga olib keladi. Ushbu gormon miqdorini kamaytirish uchun tinchlanishga alohida vaqt ajratish, meditatsiya, issiq vanna hamda sayr qilishni kanda qilmaslik kerak.

Shakar o‘rniga sun’iy ta’m kuchaytirgichlardan foydalanish
Shakar miqdorini kamaytirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, tabiiy mahsulotlar — asal, quruq mevalarga e’tibor qarating. Sun’iy ta’m kuchaytirgich qo‘shilgan mahsulotlarni iste’mol qilish insult, yurak xuruji, migren, depressiya va hatto saraton kelib chiqishi xavfini ham ko‘paytiradi.

Ertalabgacha serial tomosha qilish
Telefondan ajraladigan ko‘k nur uyqu gormoni — melatoninning ajralishiga salbiy ta’sir qiladi. Aynan shu sabab ham shifokorlar uyqudan bir soat avval gadjetlardan foydalanmaslikni tavsiya qiladi.

Tishlarni ovqatlangandan keyin darhol yuvish
Stomatologlarning ma’lum qilishicha, tishlarni yarim soat o‘tibgina yuvish kerak. Darhol tozalash tish emaliga zarar yetkazadi.

Musiqani baland qilib tinglash
8 soat vaqt davomida balandligi 90 detsibeldan baland musiqa tinglash eshitish bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Tiniqib uxlamaslik
Tiniqib uxlamaslik depressiya, xotira yo‘qolishi, yurak kasalliklari va insultga olib kelishi mumkin. Salomatlikda muammo bo‘lmasligi uchun 7-8 soatdan kam uxlamaslik lozim.

Tish tozalaydigan iplardan foydalanmaslik
Bir qancha tadqiqotlarda milk kasalliklari bilan yurak-qon tomir kasalliklari o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Gap shundaki, milklardagi bakteriyalar yurak hujayralariga zarar yetkazadi.

Smartfonni yotoqxonaga qo‘yish
Yuqorida ta’kidlanganidek uyqu gormoni ajralishiga ta’siri qilishdan tashqari, xabarlaring ovozi uyqu sifati yomonlashishiga hissa qo‘shadi. Tiniqib uxlashni va sog‘lom bo‘lishni istasangiz, telefonni uxlaydigan xonada qoldirmang.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Salomatlik yomonlashishiga olib keladigan 10 ta odat