Foto: «Prohz.ru»
Rossiyalik mutaxassis Yelena Solomatina «Moskva 24»ga bergan intervyusida sog‘liqqa zarar yetkazib qo‘ymaslik uchun jazirama yozda to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha maslahatlarini berdi.
Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, issiqda «qizdiruvchi» taom, masalan, go‘sht va yog‘li sho‘rvalarni iste’mol qilmaslik kerak. Uning aytishicha, mol yoki qo‘y go‘shti hazm qilish uchun ko‘p vaqt talab qiladi. Natijada issiqlik ajralishi ham uzoq vaqt davom etadi. Bu esa hol-havolning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra taomnomada ularning o‘rniga tovuq yoki quyon go‘shti tanovul qilish maslahat beriladi.
Jazirama havoda taom yengil bo‘lishi kerak. Tez-tez, bo‘lib-bo‘lib ovqatlanish zarur. Asosiy taomni issiq boshlanishidan oldin va keyinga qoldirgan ma’qul. An’anaviy tushlik paytida, soat 12:00-13:00 larda sabzavot sho‘rva, salat yoki toblamalardan foydalanish yaxshidir, — deya tavsiya beradi Solomatina.
Haddan tashqari qizib ketishdan saqlanish uchun, diyetologning fikricha, taomnomaga tarkibida suyuqlik ko‘p bo‘lgan mahsulotlar: sabzavot, meva va rezavorlarni qo‘shish lozim. Bundan tashqari, suv ichishni unutib qo‘ymaslik ham kerak: har 20-30 daqiqada bir-ikki qultumdan ichiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi