16:35 / 08.07.2021
4 530

Yurak faoliyatini yaxshilaydigan 7 mahsulot


Foto: Harper’s Bazaar
Yiliga bir milliondan ortiq inson yurak kasalligi sabab vafot etishi kishini xavotirga soladi. Shuni inobatga olgan holda salomatlik haqida qayg‘urish, kardiologga borish, toza havoda vaqt o‘tkazish, tongda mashq bajarish va ovqatlanishga e’tibor berish kerak. Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan, uzoq umr ko‘rishga hissa qo‘shadigan mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Suli va arpa yormasi
Tarkibida beta-glyukan polisaxaridi bo‘lgan mazkur mahsulotlar, ayniqsa xolesterini ko‘p insonlar uchun foydali hisoblanadi.

Losos
Omega-3 yog‘ kislotasi bisyor bo‘lgan yog‘li baliq, yurak xurujini oldini oladi, ritm me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, qon quyilishi ehtimolini kamaytirib, yallig‘lanish jarayonlarini oldini oladi.

Ko‘katlar
Ismaloq, keyl karami, salat bargi va boshqa ko‘katlar A, C, E, K vitaminlari hamda antioksidantlarning koni. Aynan shu sabab ham ushbu mahsulotlarning iste’moli organizm va qon-tomirlardan toksinlarni chiqaradi, xolesterinni kamaytiradi.

Yong‘oq va urug‘lar
Kaliy, magniy va boshqa minerallarga boy mazkur mahsulotlar qon bosimini pasaytirib, yurak-qon tomir tizimini me’yorlashtiradi.

Avokado
Yog‘ kislotalarining koni hisoblangan avokado insulinni nazorat qiladi va qondagi xolesterin miqdorini me’yorlashtiradi.

Zaytun yog‘i
Zaytun yog‘ini iste’mol qilish arterial qon bosimi triglitseridlar miqdorini pasaytirib, xolesterinni kamaytiradi.

Dukkakli mahsulotlar
Yasmiq, no‘xat va boshqa dukkakli mahsulotlar temir, B guruhi vitaminlari, magniy, rux moddasi va fosforning koni. Aynan shu sabab ham iste’molidan keyin triglitserid va xolesterin miqdori, shuningdek, qondagi qand miqdori me’yorlashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yurak faoliyatini yaxshilaydigan 7 mahsulot