09:27 / 12.07.2021
2 965

Tiniqib uxlashga yordam beradigan 13 mahsulot


Foto: Elle
Bezovta bo‘lmasdan tiniqib uxlash va tongda tetik uyg‘onishga hissa qo‘shadigan mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Yong‘oq
Yong‘oqda sog‘lom uyqu uchun muhim bo‘lgan serotonin va melatoninning ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladigan triptofan va aminokislotalar bisyor bo‘ladi. Aynan mazkur moddalar tinch va tez uxlashga hissa qo‘shadi.

Bodom
Bodom organizmda miqdori kam bo‘lishi, tez uxlashda muammo kuzatiladigan magniyning koni hisoblanadi. Uyqudan avval bir hovuch bodom iste’mol qilish tiniqib uxlashning garovi hisoblanadi.

Sut
Bir stakan sut iste’mol qilish tiniqib va sog‘lom uyquning kafolati ekani bolaligimizdan yaxshi ma’lum. Aslida esa faqat sutning o‘zi emas, barcha sut mahsulotlari uyquni yaxshilash xususiyatiga ega. Sutli mahsulotlar tarkibidagi kalsiy, triptofan aminokislotasini yaxshi singishi, shu bilan birga, melatonin gormonining ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Qolaversa, kalsiy ichaklar faoliyatini me’yorlashtirib, kechki tomir tortishishini oldini oladi.

Salat bargi
Tarkibidagi laktukarium tinchlantirish xususiyatiga ega ekani sabab ham salat bargi uyqusizlikka qarshi kurashishda eng yaxshi samara beradigan vosita hisoblanadi. Uni nafaqat barra holida salatlarga qo‘shib balki damlama tayyorlab, iste’mol qilsa ham bo‘ladi. Buning uchun to‘rt dona katta-katta salat bargi ustiga qaynoq suv solib, 15 daqiqaga qo‘yish ustini yopib qo‘yish kerak. Mazaliroq bo‘lishi uchun esa ushbu ichimlikka yalpiz qo‘shsa ham bo‘ladi.

Kreker
Sho‘rtakkina o‘rama non va krekerlarning glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi. Shu sabab ham ularni iste’molidan keyin uyqu bosishi kuzatiladi. Ammo bu borada me’yorni bilish tavsiya qilinadi.

Tunes va losos
Baliq mahsulotlari, xususan, tunes hamda losos melatonin va serotoninning ishlab chiqarilishida faol ishtirok etadigan V6 vitaminini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, sarimsoq piyoz va xandon pistada ham mazkur vitamin bisyor bo‘ladi.

Guruch
Guruchning ham kreker singari glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi. Ammo yasmin guruchi tez uyquga ketishga boshqa navlarga nisbatan ko‘proq yordam beradi. American Journal of Clinical Nutrition jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalaridan kelib chiqib shunday xulosaga kelish mumkin.

Olcha sharbati
Pensilvaniya va Rochester universitetlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda, uyqudan avval bir stakan olcha sharbati ichish organizmda melatonin miqdorini oshirishi ma’lum bo‘lgan.

Yormalar
Nonushta uchun eng yaxshi taom hisoblangan yormalar kechki ovqat uchun ham ayni muddao. Ushbu mahsulot tarkibida tez uxlashga yordam beradigan karbogidratlar va kalsiy mujassam.

Moychechakli choy
Moychechakli choy — uyqusizlikka qarshi iste’mol qilish kerak bo‘lgan eng birinchi mahsulot sanaladi va bu bejizga emas. Gap shundaki, uning bir finjoni glitsin miqdorini ko‘paytiradi, bu esa o‘z navbatida asablarni tinchlantirib, mushaklar zo‘riqishini bartaraf qiladi.

Asal
Asal tarkibidagi tabiiy shakar, insulin miqdorini ko‘paytirib, triptofanni miyaga tezroq ta’sir qilish imkonini beradi. Bir osh qoshiq asal bilan moychechakli choy ichish yanada yaxshi samara beradi.

Qisqichbaqa
Tarkibida triptofan bisyor bo‘lgan mahsulotlar qatoridan qisqichbaqalar ham o‘rin oladi.

Bug‘u go‘shti
Triptofan bug‘u go‘shtining tarkibida rekord darajada ko‘p bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tiniqib uxlashga yordam beradigan 13 mahsulot