23:27 / 14.07.2021
2 569

Olimlar organizm qarishining immun «soatlari»ni yaratdi


Foto: Pixabay
Bak instituti va Stenford universiteti olimlari qondagi ayrim oqsillar tahlili asosida insonning biologik yoshini, yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfi va umr ko‘rish davomiyligini baholash imkonini beradigan tizimni yaratdi. Tadqiqot natijalari Nature Aging jurnalida e’lon qilingan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

1000 Immunomes loyihasi doirasida mutaxassislar 96 yoshgacha bo‘lgan 1001 kishining qon namunalarini o‘rganib chiqqan. Ularning maqsadi surunkali tizimli yallig‘lanish belgilari yoshga qarab qanday o‘zgarishini aniqlash bo‘lgan.

Ular immun qarishning alohida biomarkerini — CXCL9 xemokinni identifikatsiyalagan. Ushbu oqsil endoteliy tomonidan ishlab chiqariladi va immun tizimidagi T-hujayralarni faollashtirishga yordam beradi. Yoshi ulg‘aygan sari tizimli yallig‘lanish o‘sib borishi bilan uning ajralishi ortib boradi, bu oxir-oqibat hujayraning qarishi va qon tomirlarining disfunksiyasiga sabab bo‘ladi.

Biroq ayrim odamlarni tizimli yallig‘lanish belgilari ertaroq, ba’zilarda kechroq paydo bo‘ladi.
Olimlar kompyuter modellashtirish yordamida qondagi CXCL9 oqsil darajasiga asoslangan iAge immun «soatlari» algoritmini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Dastur nafaqat insonning immun va yurak-qon tomir tizimi holatini baholashga, balki uning kelajakda qarish tezligini oldindan taxmin qilishga yordam beradi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, iAge tizimi yallig‘lanish yuklamasini o‘lchaydi va qarish bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklarni bashorat qiladi, immunitetning yoshga qarab pasayishi, shuningdek, uzoq umr ko‘ruvchilar haqida ma’lumot beradi.
Ular iAge asosida immunitetning pasayishi natijasida yoshga bog‘liq turli kasalliklar xavfini aniqlashning yangi usulini yaratish mumkinligiga ishonmoqda.

Avvalroq amerikalik olimlar inson umrini 100 yilga qadar uzaytirish usulini aniqlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, insonning uzoq umr ko‘rishiga nafaqat genlar, balki u yashaydigan joy ham ta’sir ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar organizm qarishining immun «soatlari»ni yaratdi