15:34 / 15.07.2021
1 343

Suvning inson organizmi uchun foydali xususiyatlari

Suvning inson organizmi uchun foydali xususiyatlari

Foto: “Domashniy ochag”
Organizmning 55—65 foizi (yog‘ darajasidan kelib chiqqan holda) yurak, miya va mushaklar suvdan tashkil topgani sabab, shifokorlar kun davomida 8 stakangacha suyuqlik ichish kerakligini ta’kidlaydi.

Energiya beradi
Charchaganda va og‘riq his qilganda, organizm suvsizlangan bo‘ladi. Bir stakan sovuq suv sizni tetiklashishingiz hamda uyqu ketishiga yordam beradi. Shveysariyada o‘tkazilgan tajribalardan birida, suv ichmagan ko‘ngillilar, boshqa hamkasblaridan ko‘ra o‘zini ikki karra charchagan va parishonxotir his qilgan, shuningdek, kognitiv testlarni ham ikki karra yomonroq bajargan.

Terini tozalaydi
Teri salomatligi uchun doimiy ravishda suv ichishni kanda qilmaslik kerak. Suv qancha ko‘p bo‘lsa, dog‘, husnbuzar va ajinlar ham shuncha kam bo‘ladi.

Mashg‘ulotlar yaxshi samara beradi
Oson va qiyin mashqlarni bajarish davomida suv ichish kishini energiya bilan ta’minlaydi. Qolaversa, issiq kunda mashq qilganda kishi odatdagidan ikki karra ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Organizmdagi suv balansi me’yorda bo‘lishi uchun sport bilan shug‘ullanish va undan keyin suv ichish kerak.

Ozdiradi
Ozishni istaganlarga shirin va gazli ichimliklar o‘rniga suv ichish tavsiya qilinadi. Ovqatdan avval suv ichish ishtahani bo‘g‘adi va kamroq ovqatlanishga yordam beradi. Bu o‘tkazilgan tadqiqotlarda ham aniqlangan. Unda ortiqcha vazndan aziyat chekadigan kishilar har gal ovqatdan avval ikki stakandan suv iste’mol qilgan. Natijada 2,26 kilo vazn yo‘qotgan va boshqalarga qaraganda vaznini me’yorda saqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Og‘riqlarning yo‘qolishiga hissa qo‘shadi
Muntazam ravishda suv ichish mushak va suyaklardagi og‘riqlarni kamaytirishi mumkin. Suv nafaqat bo‘g‘inlarni yumshatadi, balki orqa miya va bosh miya hujayralarini ham himoya qiladi.

Shifobaxsh
Shifokorlar tana harorati ko‘tarilganda, diareya va ko‘ngil aynishida suv ichishni kanda qilmaslikni tavsiya qiladi. Bu bejizga emas, suv kishi o‘zini yaxshi his qilishiga hissa qo‘shadi. Bosh og‘rig‘ining bor nechta turidan qutulishga yordam beradi. Migren bezovta qilganda bir stakan suv, meva yoki sut iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Og‘ir kasalliklar xavfini kamaytiradi
Olimlar suv ichish bilan siydik pufagi, yo‘g‘on ichaklar saratoni o‘rtasida aloqadorlik borligini aniqlagan. Shuningdek, suv ichish yurak faoliyati uchun ham foydali.

Organizmning hayot uchun muhim bo‘lgan funksiyalari uchun 
Suv — so‘lak ajralishi, hazm jarayoni uchun muhim sanaladi, gormonlarni, tana haroratini nazorat qiladi, tanani kislorod bilan ta’minlab, hujayralar salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, peshob va ter ajralishi orqali organizmdan ortiqcha narsalar chiqib ketishiga yordam beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Suvning inson organizmi uchun foydali xususiyatlari