Foto: Legion Media
Hozirgi kunda oziq-ovqatlarni muzdan tushirish funksiyasiga ega bo‘lmagan mikroto‘lqinli pech modelini topish qiyin. Ammo bu haqiqatan ham foydalimi? Mutaxassislar bu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.
Go‘shtni muzdan tushirishning eng mashhur ikki usuli — muzlatgichda va mikroto‘lqinli pechda eritish taqqoslansa, mutaxassislar bir ovozdan birinchi usulni tanlashi, shubhasiz. Shotlandiyaning Dandi shahridagi Abertey universiteti professori Kostas Statxopulosning so‘zlariga ko‘ra, mahsulotni bir necha soat davomida 2 dan 6 darajagacha bo‘lgan haroratda eritish kerak. Aks holda oziq-ovqat mahsulotlari xavfli bakteriyalar bilan zarralangani sababli ovqatdan zaharlanish xavfi yuzaga keladi.
Mikroto‘lqinli pechga kelsak, professor Statxopulos bu muzdan tushirishning to‘g‘ri usuli emasligini ishonch bilan ta’kidlaydi. Sovuq harorat yuqumli kasalliklar, jumladan, E. coli bakteriyalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, go‘shtni iliq muhitda to‘satdan eritganda, ularning soni taxminan ikki baravarga ko‘payadi, bu esa turli xil ovqat hazm qilish kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Go‘shtni xona haroratida muzdan tushirish ham tavsiya qilinmaydi. Jarayon ko‘p vaqt oladi va go‘sht oshxonada bo‘lgan vaqt davomida millionlab patogen bakteriyalar bilan qoplanadi. Agar to‘satdan mahsulotni pishirish to‘g‘risidagi fikringiz o‘zgarib, uni qayta muzlatib qo‘yadigan bo‘lsangiz, ular o‘ladi deb umid qilmang — eng zararli mikroorganizmlar omon qoladi va go‘shtni iste’molga yaroqsiz holga keltiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?