23:11 / 19.07.2021
2 651

Uydagi havoni xavfsiz va toza bo‘lishiga yordam beradigan 5 usul


Foto: Freepik
Havoning zararlanishi haqida gap ketganda xayolga shahar, ko‘chalardagi tutunlar va changlar keladi. Ammo AQshning atrof-muhitni himoya qilish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, xonadon ichidagi havo ko‘chadagidan 2-5 karra iflos bo‘ladi. Uyda erkin va xavfsiz nafas olishga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Changyutkichdan tez-tez foydalaning
Sholcha va gilamlarni changyutkich bilan tozalash havodagi allergenlarni tozalashni eng yaxshi usuli hisoblanadi. Aynan shu sabab ham hech bo‘lmaganda haftada bir marta, uyingizda hayvon boqadigan bo‘lsangiz, ikki marta changyutkich yordamida tozalash tavsiya qilinadi. Shu bilan birga vaqti-vaqti bilan filtrlarni tozalash va almashtirib turish kerak. Bundan tashqari, yilda bir marta bo‘lsa ham gilamlarni bug‘ yoki tozalash vositasi yordamida tozalashni unutmang.

Choyshablarni almashtirish
Choyshab va to‘shaklar tufayli yotoqxona allergiyasi borlar uchun uydagi eng xavfli joy bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham choyshablarni, yostiq jildlarni tez-tez yuvib turishni, to‘shaklarni changyutkich bilan tozalashni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi. To‘shak g‘ilofini muntazam ravishda yuvish, to‘shaklarni esa bir oyda bir-ikki marta tozalash kifoya.

Havoni tozalash
Yopiq joyda chang va mog‘or paydo bo‘lishi ehtimoli ko‘p bo‘ladi. Ayniqsa, yuvinish xonasi, hojatxona va oshxona eng xavfli hudud sanaladi. Shu sabab ham aynan shu xonalarda havo aylanishini tekshirish, havo nam emasligiga ishonch komil bo‘lishi kerak. Tez-tez darchalarni ochib turishni unutmang.

Namlikni nazorat qilish
Xonadoningizdagi havoning namlik darajasi 50 foizdan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, mog‘or ikki karra, 80 foizda esa uch karra ko‘payishi mumkin bo‘ladi. Shularni inobatga olgan holda, havoni quritadigan maxsus qurilmalardan foydalaning. Iloji bo‘lmasa, havoni tez-tez almashtirib turing.

Toksinlardan qutilish
Afsuski, aksariyat hollarda xonadondagi havoning ifloslanishiga o‘zimiz sababchimiz bo‘lamiz. Xushbo‘y ifor taratadigan sham va vositalardan ko‘p foydalanilganda havodagi allergenlar konsentratsiyasi ortadi. Shu sabab ham xonalarni tez-tez shamollatish, istalgan bo‘yoq, lak va uyni ta’mirlash uchun ishlatiladigan boshqa vositalar tarkibi bilan tanishib chiqish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uydagi havoni xavfsiz va toza bo‘lishiga yordam beradigan 5 usul