22:23 / 22.07.2021
1 487

Qazg‘oqqa qarshi shampundan har kuni foydalansa bo‘ladimi?

Qazg‘oqqa qarshi shampundan har kuni foydalansa bo‘ladimi?

Foto: Cosmopolitan
Yer yuzidagi aholining yarmidan ko‘pi qazg‘oqdan aziyat chekadi. Lekin ularning qazg‘oq qanday paydo bo‘lishi va u bilan qanday kurashish kerakligi haqida ma’lumotga ega ekani dargumon. Ma’lum bo‘lishicha, qazg‘oq bosishiga — irsiy moyillik, noto‘g‘ri parvarish va katta shahardagi noto‘g‘ri ovqatlanish, doimiy stress, tiniqib uxlamaslik va yomon ekologiya bilan bog‘liq turmush tarzi sabab bo‘ladi.

Trixolog shifokor tavsiyasiga asosan davolanish, qazg‘oqlarni bartaraf qilish mumkinligiga qaramay, odamlar reklamalar ta’sirida ushbu muammoga mustaqil — qazg‘oq ketkazadigan shampun xarid qilish bilan yechim topmoqchi bo‘ladi. Ammo bu kabi urinishlarning oxiri hamisha birdek yakun topadi: haddan ortiq o‘rganib qolingandan keyin bu kabi shampunni har kuni ishlatishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, bu borada erkaklar ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadi. Ammo qazg‘oqni yo‘qotadigan shampundan har kuni foydalanish mumkinmi? Bu zararli emasmi? Ushbu savolga 16 yillik tajribaga ega dermatolog-trixolog Irina Kotova javob beradi.

Mutaxassisning fikricha, qazg‘oqqa qarshi shampunlardan iloji boricha har kuni foydalanmagan yaxshi. Bu kabi vositalar tarkibidagi katta miqdordagi faol davolovchi xususiyatga ega komponentlarga bosh terisi o‘rganib qolishi va hatto allergiya ham paydo bo‘lishi mumkin.

Irina Kotovaning qo‘shimcha qilishicha, qazg‘oq ko‘payishiga organizm, xususan, oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lishi ham mumkin. «Sochlarga hech nima bo‘lmasligi mumkin, ammo bosh terisidagi retseptorlarning sezuvchanligi kamayishi mumkin. Shu sabab ham bu kabi vositalarni har doim emas, aql bilan ishlatish kerak».

Agar qazg‘oq ko‘payishi yoki qichish kuzatiladigan bo‘lsa, qisqa muddat, masalan, 2 hafta davomida bunday vositalardan foydalanmaslik kerak. Bora-bora bunday davolovchi shampundan haftada bir marta va qolgan kunlar esa neytral variantlardan foydalangan yaxshi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Qazg‘oqqa qarshi shampundan har kuni foydalansa bo‘ladimi?
[/banner_pushhouse