15:22 / 27.07.2021
2 589

Umrni bir necha yilga qisqartirishi mumkin bo‘lgan 7 zararli mahsulot


Foto: Freepik
Uzoq va sifatli hayot kechirishni, salomatligi bilan bog‘liq turli muammolardan aziyat chekmaslikni istaydiganlarga qanday mahsulotlardan voz kechish yoki hech bo‘lmaganda tiyilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Gazlangan shirin ichimliklar
2020 yil Amerikaning kardiologik assotsiatsiyasida o‘tkazilgan kongressda bu kabi ichimliklarni iste’mol qilish erta o‘lim kelib chiqish xavfini jiddiy ravishda orttirishi aniqlangan. Kun davomida bir stakan kola iste’mol qilish yurak ishemik kasalliklari sabab erta o‘lim kelib chiqish xavfini ko‘paytiradi. Qolaversa, shirin ichimliklarni har kuni kanda qilmasdan ichish hujayralar qarishini jadallashtiradi.

Sun’iy ta’m kuchaytirgichlar
Parhezshunoslar haligacha shakardan butkul voz kechish kerak degan to‘xtamga kelmagan, ammo sun’iy ta’m kuchaytirgich qo‘shilgan mahsulotlar salomatlik uchun zararli ekaniga ularning ishonchi komil. Gap shundaki, bunday ichimlik va mahsulotlar semirish, qandli diabet, yurak kasalliklarining rivojlanish xavfining ortishiga sabab bo‘ladi, shu bilan birga, oddiy shakarning salbiy ta’sirini jadallashtiradi. Bundan tashqari, tadqiqotlardan birida qo‘shimcha shakarni doimiy ravishda iste’mol qilish bilan birga, insult va aqli zaiflik o‘rtasida aloqadorlik borligi aniqlangan.

Tuzlangan mahsulotlar
Natriyning me’yordan ortishi yurak-qon tomir kasalliklari, insult, oshqozon saratonining kelib chiqish xavfining oshishiga olib kelishi mumkin. Aksariyat hollarda ortiqcha tuz qabul qilinishiga qayta ishlangan mahsulotlar va fastfud yeyish sabab bo‘ladi. Aynan shuni inobatga olgan holda ularning iste’molidan tiyilish tavsiya qilinadi.

Qayta ishlangan go‘sht mahsuloti
Bir necha yil avval sosiska, kolbasa va shu kabilar kanserogen mahsulot deb e’lon qilingan. Tarkibida tuz miqdori juda ham bisyor bo‘lgan bu kabi mahsulotlarni iste’mol qilish tufayli yurak kasalliklarining 72 foizga, saraton bois kelib chiqadigan erta o‘lim xavfining esa 11 foizga ortishiga sabab bo‘ladi.

Glyutensiz mahsulotlar
Seliakiy – organizmni glyutenni qabil qila olmaydiganlardan boshqalar uglevodlardan voz kechmagani ma’qul. Lancet Public Health jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda uglevod miqdori kam bo‘lgan ratsion hayot davomiyligini naqd 4 yilga qisqartirishi ta’kidlanadi. Ammo uglevodning murakkab va kletchatkalarga boy bo‘lishiga ham e’tibor qaratish kerak.

Spirtli ichimliklar
Hatto haftada bir porsiya iste’mol qilingan spirtli ichimlik umrni yarim yilga qisqartishi mumkin ekan. Ikki-uch porsiya bo‘lsa, ikki yilga, kanda qilmaslik esa ehtimoliy umr ko‘rish uzoqligidan besh yil kam yashashga olib keladi.

Tarkibida transyog‘lar bisyor bo‘lgan mahsulotlar
Tayyor qandolat mahsulotlari, fastfud tarkibidagi transyog‘lar yurak-qon tomir kasalliklari, insult va ikkinchi turdagi qandli diabetning kelib chiqish xavfining jiddiy ravishda ortishiga sabab bo‘ladi, bu esa, tabiiyki, hayot sifati hamda davomiyligiga ta’sir qilmay qolmaydi. Bu kabi mahsulotlar qat’iyan taqiqlanmaganiga qaramay, xarid davomida mahsulot tarkibini mustaqil ravishda o‘rganish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Umrni bir necha yilga qisqartirishi mumkin bo‘lgan 7 zararli mahsulot