17:53 / 05.08.2021
2 332

Har bir odamning ratsionidan o‘rin olishi kerak bo‘lgan 15 ta ekologik toza mahsulot


Foto: «Domashniy ochag»
Yetishtirishda kimyoviy usullardan foydalanilmaydigan, o‘g‘itlanganda ham po‘stining qalin ekani sabab zararlanmaydigan meva va sabzavotlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Piyoz
Qattiq, dog‘siz hamda yoriqlari yo‘q sabzavotni xarid qiling. Piyozni quruq va salqin joyda yoki sovitkichda saqlang.

Avokado
Po‘stining qalin ekani avokadoni pestitsidlar to‘planishidan himoya qiladi. Qattiqroq va pishib yetilmagan mevani tanlashga harakat qiling. Bunday avokado uydagi stol ustida bir necha kun ichida yetiladi. Xona haroratida saqlang, iste’mol qilishdan avval mevani yuvish tavsiya qilinadi.

Shirin jo‘xori
Yetishtirishda ko‘p o‘g‘itlanishiga qaramay, shirin jo‘xorida pestitsidlar bo‘lmaydi. Xarid borasida mahalliy fermalarda yetishtirilgan barra mahsulotga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Ananas
Ananasning qalin po‘stlog‘i pestitsidlardan himoya qiladi. Boshqa mevalar singari uni ham kesishdan avval yaxshilab yuvish kerak bo‘ladi. Ananasni xarid qilishdan avval ustki qismida dog‘lari yo‘qligiga e’tibor qarating. Shuningdek, haddan ortiq darajada shirin hidli variantni sotib olmaslik, ushbu mevani sovitkichda saqlash tavsiya qilinadi.

Mango
Mangoning yorqin ranglisini xarid qilish tavsiya qilinadi. Ushbu meva qizil, sariq yoki olovrang bo‘lishi mumkin. Uning biroz qattiq bo‘lishiga e’tibor qarating. Yumshog‘ining ichi irigan bo‘lishi ehtimoli ko‘p. Mangoni sovitkichda saqlash kerak bo‘ladi.

Sarsabil
Sarsabilning qattiq va yorqin yashil rangligidan tanlang. Uni sovitkichda saqlang va iste’moldan avval yuvishni unutmang.

No‘xatgul
No‘xatgul pestitsid qoldiqlarini o‘z ichiga olgan eng kam ehtimolli sabzavotlardan sanaladi. Xarid borasida fermada yetishtirilganiga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Kivi
Kivi yaxshi hidli va hajmi katta bo‘lishi kerak. Xomini xarid qilgan bo‘lsangiz, qog‘oz paketga solib, xona haroratida boshqa yetilishi uchun vaqt kerak bo‘ladigan mevalar, masalan, banan va nok bilan saqlash tavsiya qilinadi.

Karam
Karamning qattiqligi, rangi tiniqligiga e’tibor qarating. Sarg‘ayishni boshlagan karamni xarid qilish tavsiya qilinmaydi. Iste’mol qilishdan avval karamning ustidagi bir qavatini olib tashlash kerak.

Baqlajon
Qattiq va yorqin rangli baqlajon xom bo‘lmasligi aniq. Po‘stida tirnalishlar yo‘qligiga e’tibor qarating.

Tarvuz
Ustki qismining qattiq ekani hisobiga tarvuz har qanday kimyoviy moddalardan himoyalangan bo‘ladi. Yoriqlari bo‘lmagan, qattiq tarvuz xarid qilgan ma’qul.

Brokkoli
Brokkolini ham yorqin va yara-chaqalarsiz yashil variantini tanlash tavsiya qilinadi. Sarg‘ayishni boshlaganini xarid qilmaganingiz yaxshi. Rangi to‘q yashil bo‘lmasligi, shu bilan birga, qattiq va elastik bo‘lishiga e’tibor qarating. Ishlatishdan avval muzdek suvli idishga solib yuvib tashlang va suvni bir necha marta almashtirib, yuvishni takrorlang.

Pomidor
Pomidorni mahalliy fermalarda yetishtirilgan va barrasini xarid qiling. Ichi yumshab ketmagan bo‘lishi, rangi tiniqligiga e’tibor qarating.

Shirin kartoshka
Shirin kartoshka A vitamini va beta-karotinga boy bo‘ladi. Yaxshisini tanlash uchun ustki qismida yoriqlar bo‘lmasligiga e’tibor bering.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har bir odamning ratsionidan o‘rin olishi kerak bo‘lgan 15 ta ekologik toza mahsulot