09:07 / 08.08.2021
3 346

Nonushtaning yanada mazali va sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta tavsiya


Foto: «Domashniy ochag»
Sog‘lom va to‘yimli nonushta – kunni yaxshi boshlashning eng ajoyib usuli. Bu energiya hamda  metabolizmni yaxshilashga, yurak-qon tomir salomatligini saqlashga va hatto qondagi qand miqdorini barqarorlashtirishga yordam beradi. Nonushtani yanada sog‘lom va mazali qilishga yordam beradigan ba’zi maslahatlar bilan quyida tanishib chiqish mumkin.

Smuzi va biroz qahva
Sabzavot yoki mevali smuzi nonushta uchun yaxshi qo‘shimcha bo‘ladi. Sabzavot, meva, rezavorlarni har kuni iste’mol qilish foydali va smuzi esa ularni yodga soluvchi ajoyib usul hisoblanadi. Va agar smuziga ozgina qahva, bir osh qoshiq moy va biroz dolchin qo‘shilsa, juda sog‘lom va tetiklantiruvchi nonushta tayyor bo‘ladi.

Dolchin
Yogurt, jo‘xori uni va hatto qahvaga ham biroz dolchin qo‘shish mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dolchinni muntazam iste’mol qilish qondagi qand miqdorini va hatto insulin qarshiligini kamaytirishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, diabet kasalligi bo‘lganlar uchun juda muhimdir.

Shakarsiz yogurt
Yuqori oqsilli yogurt – mukammal nonushta variantidir. Agar yogurt shakarsiz bo‘lsa. Bordi-yu, shakarsiz yogurt juda nordon tuyulsa, unga yangi rezavorlarni qo‘shish mumkin. Bu salomatlik uchun foydalidir.

Tuxum
Mutaxassislarning aytishicha, tuxum kletchatkaga boy bo‘lib, muvozanatli dietaning muhim qismi hisoblanadi. Nonushta uchun eng yaxshi variant – piyoz va pomidor bilan qovurilgan tuxum, shuningdek, biroz pishloq. Bundan tashqari, tuxum – parhezbop oziq-ovqat bo‘lib, u uzoq vaqt to‘yinganlik hissini beradi.

«Zaxira» nonushta tayyorlab qo‘ying
Ko‘pchilik nonushta qilmay ishga otlanadi, chunki vaqt yoki uni pishirishga xohish bo‘lmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun yarimtayyor mahsulotlarni oldindan muzlatib qo‘yish tavsiya etiladi, ularni ertalab mikroto‘lqinli pechga qo‘yish kifoya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nonushtaning yanada mazali va sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta tavsiya