19:42 / 08.08.2021
2 989

Yelizaveta II nimani yoqtirmaydi? — Qirolicha saroyida taqiqlangan mahsulotlar


Foto: «Mainstyles.ru»
Dengiz mahsulotlari va sarimsoqni Britaniya qirollik oilasi oshpazlari pishirishi taqiqlangan. Bu haqda sobiq xizmatkor Grant Xarrold ma’lum qildi, deb yozadi Express.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun dengiz mahsulotlari taqiqlanadi.
«Jamoat joylarida dengiz mahsulotlaridan bosh tortish — oqilona qaror», — deya ta’kidladi xizmatkor.

Shu bilan birga, qirolicha Yelizaveta II ham, uning marhum eri shahzoda Filipp ham dengiz mahsulotlarini unchalik yoqtirmagan. Shunday qilib, maqolada qayd etilishicha, qirollik oilasi oshpazlarining so‘zlariga ko‘ra, Yelizaveta II ning ustritsalarni yoqtirmasligi shahzoda Garri Megan Marklning rafiqasiga tegib ketgan.

Ta’kidlanishicha, gersoginya dengiz mahsulotlarini o‘zining «ideal kechki ovqati» dasturxonida zarur mahsulot deb bilgan.
Bundan tashqari, qirolicha oilasi a’zolari sarimsoq iste’mol qilishdan qochishadi. Bu qoidaga, xususan, shahzoda Charlzning rafiqasi Kamilla, Kornuoll gersoginyasi ham amal qiladi.

«Biz hech qachon sarimsoq yoki ortiqcha piyozni dasturxonga torta olmaymiz», — dedi sobiq qirollik bosh oshpazi Darren Mak Greydi.

Bahorda qirollik oshxonasida 15 yildan ortiq ishlagan Greydi malika oddiy ovqatni afzal ko‘rishini ma’lum qilgandi. Yelizaveta II ning tongi odatda choy va yorma bilan boshlanadi. U, shuningdek, yogurt va marmeladli tostga ham yo‘q demaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yelizaveta II nimani yoqtirmaydi? — Qirolicha saroyida taqiqlangan mahsulotlar