10:23 / 10.09.2021
2 616

Kuz faslida ayni muddao bo‘lgan 3 vitaminli suv retsepti

Kuz faslida ayni muddao bo‘lgan 3 vitaminli suv retsepti
Foto: Harper’s Bazaar
Suvning foydasi va uning organizmning me’yoriy faoliyati uchun foyda ekani barchaga yaxshi ma’lum. Ushbu tabiiy antioksidant tanani kislorod bilan ta’minlaydi, metabolizmni yaxshilaydi, miya faoliyatini yaxshilab, organizmdagi hayot uchun muhim bo‘lgan jarayonlarni yaxshilaydi. Ammo suv foydali ekani sabab hamma ham shirin sharbat va gazlangan ichimliklardan voz kechavermaydi.

Uni kanda qilmaslikning eng yaxshi usuli vitaminli suv iste’mol qilish hisoblanadi. Oddiy suvga sevimli mevalar, sabzavot va giyohlarni qo‘shib, nafaqat ta’mini mazali, balki iforini ham xushbo‘y qilish mumkin. Shuningdek, suvni foydali xususiyatlarini oshirib, kundalik ratsionni ayniqsa avitaminoz davrida muhim sanalgan vitaminlar bilan boyitish mumkin. Bunday suv tarkibida tabiiy shakar mujassam bo‘libgina qolmay, parhezbop ham sanaladi.

Tanlangan tarkibga ko‘ra vitaminli suv organizmni tozalashga hissa qo‘shadi, immunitetni mustahkamlab, moddalar almashinuvi hamda teri ahvolini yaxshilaydi. Masalan, C vitaminiga boy bo‘lgan limonli suv hazm tizimini yaxshilab, teri ahvoliga ijobiy ta’sir qiladi. Kuzdagi avitaminoz vaqti, ayniqsa ehtiyoj yuqori bo‘lgan uch xil vitaminli suv retseptini e’tiboringizga havola qilamiz. Buning uchun tozalangan mahsulotlarni butilka yoki bankaga solish, ustidan suv quyib sovitkichga joylash kifoya. Yanada foydali bo‘lishi uchun ichimlikni kechasi tayyorlab qo‘yish tavsiya qilinadi.

Olma, nok, olxo‘ri va dolchin
Ushbu mahsulotlardan tayyorlanadigan ichimlik organizmni tozalash xususiyatiga ega bo‘ladi va metabolizmni jadallashtiradi. Olmada antioksidantlar mujassam bo‘ladi, dolchin immunitetni mustahkamlaydi, qondagi shakar miqdorini me’yorlashtirib, energiya bilan ta’minlaydi.

Apelsin, dolchin va vanildan tayyorlanadigan ichimlik
Apelsin tarkibidagi C vitamini va antioksidantlar sabab ushbu mazali ichimlik energiyaga to‘lishga va hatto yomg‘irli kunlarda ham kishi o‘zini kuchli his qilishiga yordam beradi.

Zanjabil, yalpiz, bodring va laym
«Sassi» deb nomlanadigan ushbu ichimlik organizmni tozalashga yordam beradi, yog‘larni eritib, shishlarni bartaraf qiladi. Bu hali hammasi emas uning iste’molidan keyin soch va teri ahvoli yaxshilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kuz faslida ayni muddao bo‘lgan 3 vitaminli suv retsepti