Foto: «onwomen.ru»
Kaliforniya va Pensilvaniya universitetlarining tadqiqotchilari ortiqcha bo‘sh vaqt odamga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Xususan, bu o‘zini yaxshi his qilish bilan bog‘liq. Ushbu maqola Personality and Social Psychology jurnalida chop etildi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, olimlar 35 mingdan ortiq amerikaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan ikkita so‘rovnoma ma’lumotlarini tahlil qildi. Unda ishtirokchilar o‘tgan kun davomida nima qilgani va bu ularga qanday ta’sir qilgani haqida batafsil gapirib bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, salomatlikni saqlash holati bo‘sh vaqtning ortishi bilan yaxshilangan, lekin bu ikki soatdan oshmagan. Ammo besh soatlik bo‘sh vaqtdan keyin sog‘liq holati aksincha, yomonlashgan.
Shuningdek, onlayn o‘tkazilgan ikkita tajribada olti mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Unda olti oy davomida har bir ishtirokchi o‘n besh daqiqadan boshlab yetti soatgacha bo‘sh vaqtga ega bo‘lgan. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, minimal va maksimal vaqtga ega odamlar o‘zini yomon his qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda