20:26 / 14.09.2021
2 641

Kam ovqatlanib tez to‘yish bo‘yicha 7 tavsiya

Kam ovqatlanib tez to‘yish bo‘yicha 7 tavsiya
Foto: «Domashniy ochag»
Kam miqdorda ovqatlanib, samarali natijaga erishish mumkin bo‘lgan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Ovqatdan rohatlaning
Ovqatlanish vaqtida boshqa narsalarga chalg‘imang. Tanovul vaqtida televizor tomosha qilmang, o‘qimang, pochtani tekshirmang.

Stolga o‘tiring
Turib yoki yo‘l-yo‘lakay tanovul qilganda ovqatdan lazzatlana olmasligingiz mumkin. Qolaversa, idishga solib yeyilmasa, porsiyani aniqlash qiyin bo‘ladi. Shu sabab ham avval idishga solib, sanchqi bilan iste’mol qiling.

Nafas oling
Ovqatlanishni boshlashdan avval chuqur nafas oling. Bu tinchlanishga yordam beradi — ayniqsa, och bo‘lganda bu juda ham muhim.

Har bir bo‘lak ta’mini his qilishga urining
Ovqatlanganda bee’tibor bo‘lmang, har bir bo‘lak ta’mini his qiling. Shu yo‘sinda har kuni kam-kamdan iste’mol qiling.

Beshinchi prinsipni yodga oling: to‘qlik hissini tuying
To‘qlik darajasini baholash uchun ovqatlanish vaqtida tanaffus qiling. Aks holda taom mazasini sezmaysiz va oxirini yeganda u qadar lazzatlanmasligingiz mumkin.

Iloji boricha sekinroq ovqatlaning
Unutmang, ta’m bilish retseptorlari oshqozonda emas, tilda joylashgan. Ovqatni sekin chaynab yutish ortiqcha iste’molning oldini oladi.

Vaqti-vaqti bilan pichoq va sanchqini chetga qo‘yib qo‘ying
To‘ydimmi yoki yo‘q degan savolni o‘zingizga berib ko‘ring. Bu tempni sekinlashtirish va nafsni tiyish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kam ovqatlanib tez to‘yish bo‘yicha 7 tavsiya