18:04 / 17.09.2021
2 295

Munojot Yo‘lchiyeva faoliyati avvalida duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi (video)

Munojot Yo‘lchiyeva faoliyati avvalida duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi (video)
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva «Daryo» internet nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyu davomida el suygan san’atkor 22 yoshida iffatsizlikda ayblangani hamda ushbu sinov tufayli san’atni tark etish haqida o‘ylagani haqida so‘zlab berdi.

- "Toshkentga kelganimda ko‘p yillik tajribaga ega musiqiy murabbiy Shavkat Mirzayev rahbarligidagi tayyorlov kursiga qabul qilinganman. Alisher Navoiy hazratlarining tavallud ayyomlari arafasida televideniyeda «Nazm va navo» kechasi o‘tkaziladigan bo‘ldi. Muvaffaqiyatli chiqishimizni kuzatgan o‘sha davrdagi davlat rahbari Sharof Rashidov yordamchilariga «Mana talantli yoshlarimiz bor ekan, ularni ish bilan ta’minlashimiz kerak», deb topshiriq bergan ekan. Shu bilan tayyorlov kursini va ustozimiz Shavkat Mirzayevni «Maqom» ansambliga ishga taklif etishdi. Ustozimiz ansambl rahbari sifatida qator yangi dasturlarni tayyorladi.

Hammasi yaxshi ketayotgandi, ammo kutilmaganda o‘zim va ustozim haqidagi noxush gaplarni eshitib yig‘lab yubordim. Bu gaplarning tarqalganiga ikki oydan ortiqroq vaqt bo‘lgan ekan. Bu gaplarni gapirish qanchalik og‘ir bo‘lmasin, aytaman. Bu haqda shu kungacha birorta intervyuda aytmaganman: iffatimni yo‘qotganligim haqida gap-so‘z tarqalgan ekan. Bunga sabab menga ko‘proq e’tibor berilyapti deb hisoblashgan. Aslida murabbiy hamma bilan birdek ishlaydi, faqat ba’zilar mashg‘ulotlarni tezda o‘zlashtirib oladi.

U paytlarda bemalol rahbariyatga chiqish u qadar qiyin bo‘lmagan. O‘zimni yomon his qilganman. Nahotki bir ansamblda ishlab yurgan aka-opalarim men haqimda shunday deb o‘ylashyapti, deb yig‘laganman. Afsuski, o‘sha kuni meni rahbar qabuliga kiritishmagan. Ertasi kuni ishga borsam, shov-shuv. Davlat rahbari qabuliga kirmoqchi bo‘lganim haqidagi xabar yetib kelibdi. Shunda ansambl direktori meni qabuliga chaqirib ustozimni rahbarlik qilolmaganlikda ayblashgani va u o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketayotganini aytdi. Shunda men ishda qolmasligimni, haqiqatni aytolmaydigan hamkasblar bilan ishlamasligimni aytganman.

Mana shu voqeadan so‘ng Toshkentdan bosh olib qishloqqa ketishni va turmushga chiqib, aytilgan gaplar bo‘htondan bo‘lak narsa emasligini isbotlashni niyat qilgandim. Shunda davlat amaldorlaridan biri ishonch bildirib, boshqa jamoa bilan ijodni davom ettirishimni tayinlagan. Men o‘shanda 22 yoshda edim, ustozim esa 40 dan oshgandi", - deydi O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munojot Yo‘lchiyeva faoliyati avvalida duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi (video)