14:55 / 22.09.2021
1 722

«Shifokorlar tuzalmaysan, deyishgandi» - «Tohir va Zuhra» filmi yulduzi Parizoda

«Shifokorlar tuzalmaysan, deyishgandi» - «Tohir va Zuhra» filmi yulduzi Parizoda
«Tohir va Zuhra» filmining yangi talqinidagi Zuhra obrazi orqali tanilgan aktrisa Parizoda Bo‘rixo‘jayeva «Sevimli» telekanalining «O‘zim» loyihasida bir necha yil avval og‘ir kasallikka chalingani, shifokorlarning qo‘rqinchli tashxisiga qaramay sog‘ayib ketgani haqida gapirdi.

- "Qiyinchiliklar hammada bo‘ladi. Taxminan 25 yoshlarimda, shu turmushga chiqqanimdan bir necha yildan so‘ng sog‘lig‘im bilan muammolar bo‘lgan. Bu sinov hayotimni juda qattiq o‘zgartirgan. O‘sha vaqtda doktorlar «Yo‘q siz tuzalib ketmaysiz, bu narsa tuzalmaydigan kasal», deyishgandi. Bu muammo nafaqat men uchun, balki tepadan butun oilam uchun berilgan. Kasallik tufayli kim qanaqaligini, menga qanaqa munosabatdaligini bildim. O‘sha paytda turmush o‘rtog‘im va yaqinlarim meni qanday e’zozlashini ko‘rdim.

Otamning bir gaplari bor: «Sinov ham odamning kuchiga qarab beriladi». Kuchli odamga kuchli sinov beriladi. Zaifroq insonga yengilrog‘i beriladi. Men tabiatan qo‘rqoq odamman, balandlik va tezlikdan qo‘rqaman. Lekin o‘sha paytda ichimdan «hali tuzalib ketaman, hammasi yaxshi bo‘ladi», degan katta kuch topganman. Sinovdan turmush o‘rtog‘im bilan birga o‘tganmiz. U kunlarni eslasam, ko‘zimga yosh keladi. Shu o‘rinda fursatdan foydalanib, yaqinlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman", - deydi Parizoda Bo‘rixo‘jayeva.

Foto: Instagram / @parizod_burikhodjaeva

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » «Shifokorlar tuzalmaysan, deyishgandi» - «Tohir va Zuhra» filmi yulduzi Parizoda
[/banner_pushhouse