18:56 / 23.09.2021
1 064

Yoshlik va go‘zallik uchun: A va E vitaminlarining organizmga foydasi

Yoshlik va go‘zallik uchun: A va E vitaminlarining organizmga foydasi
Teri qarishi va ajin tushishining oldini olib, soch va tirnoqlar mustahkam bo‘lishiga hissa qo‘shadigan vitaminlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

A vitamini va uning organizmga foydasi
A vitamini yoki retinol hujayralarning yangilanish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, u tish va suyaklarning me’yoriy shakllanishi uchun javob beradi, shuningdek, immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Retinol nafaqat ayollar go‘zalligi, balki bolalar salomatligi uchun ham muhim sanaladi. Retinol tanqisligi kuzatilgan bolalarda infeksion kasalliklar bilan betob bo‘lish holatlari kuzatiladi. A vitamini yetishmasligi hisobiga kattalar va bolalarda ko‘rish qobiliyati susayadi, bosh og‘rig‘i hamda ishtaha yomonlashishi kuzatiladi.

E vitamini nima uchun kerak?
E vitamini (tokoferol) bejizga yoshartiruvchi kremlar tarkibidan o‘rin olmaydi. U teri tarangligi va namlanishiga javob berishi bilan ahamiyatli sanaladi. Tabiiy antioksidant hisoblangan E vitamini gormonlarni me’yorlashtirish xususiyatiga ega ekani sabab ham menopauza davridagi ayollar uchun foydali sanaladi. A va E vitaminining tanqisligi bepushtlik va salomatlik bilan bog‘liq boshqa muammolarga olib keladi.

A vitaminini qanday qabul qilish kerak?
Sabzining organizmda A vitamini ishlab chiqarilishida muhim rol o‘ynaydigan karotinga boy ekani sir emas. Karotin, shuningdek, ismaloq, o‘rik va pomidorda ham mujassam. Qolaversa, sariyog‘, smetana, boshqa sut mahsulotlari, tuxum va jigar ham organizmni retinol bilan ta’minlaydi. Retinol tanqisligini shifokor ko‘rsatmasiga binoan polivitaminli kompleks bilan ham qoplasa bo‘ladi.

E vitaminini qanday qabul qilish kerak?
Tokoferol yormalar, soya, yong‘oq va kepakda katta miqdorda bo‘ladi. Qolaversa, E vitamini yetishmaganlarga o‘simlik yog‘i qo‘shilgan taomlarni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi. Ismaloq, losos, banan, javdar uni va jigarrang guruch E vitamini manbayi sanaladi. Uning to‘g‘ri so‘rilishi uchun sabzavot va dengiz mahsulotlari tarkibida bo‘ladigan rux moddasi muhimligini esdan chiqarmaslik kerak. Ammo bu borada o‘zboshimchalik qilib, shifokor ko‘rsatmasisiz «kimyoviy» tokoferolni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Qanday mahsulotlar A vitaminining koni?
- eritilgan sariyog‘;
- sabzi;
- jigar;
- brokkoli;
- qizil kartoshka;
- shirin qizil kartoshka.

Qaysi mahsulotlarda E vitamini ko‘p miqdorda mujassam bo‘ladi?
- yong‘oq;
- avokado;
- yong‘oqli pasta;
- kungaboqar urug‘i;
- sarsabil;
- dudlangan losos.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Yoshlik va go‘zallik uchun: A va E vitaminlarining organizmga foydasi
[/banner_pushhouse