23:00 / 26.09.2021
4 422

Parodontit: milklarning yallig‘lanish kasalligini qanday aniqlash mumkin?

Parodontit: milklarning yallig‘lanish kasalligini qanday aniqlash mumkin?
Foto: «Med.360.uz»
Parodontit – milklarning yallig‘lanish kasalligi. U vaqt o‘tishi bilan milklarni suyak va biriktiruvchi to‘qmalarni atrofiyasiga olib keladi, natijada tish qimirlashi paydo bo‘ladi va tushib ketadi.

Parodontit rivojlanishiga sabab bo‘ladigan omillar
- Yomon odatlar va umumiy kasalliklar – chekish, qandli diabet, oshqozon ichak kasalliklari, yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklari, stress.
- Tish atrofida qotishmalar tosh paydo bo‘lishi – milkni siqib qo‘yadi, bu milklarni tozalanish jarayonini to‘xtatadi.
- Jag‘ va tanglay rivojlanishida nuqson, tishlashning (prikus) noto‘g‘riligi.
- Tishlarning qiyshiq joylashganligi.
- Og‘izdan nafas olish – og‘iz bo‘shlig‘ining namligini kamaytiradi, milklarni quritadi.

Parodontitning belgilari:
- milkdan vaqti vaqtida yoki doimiy qon kelishi;
- og‘izdan badbo‘y hid kelishi;
- tishlar orasidagi masofaning oshishi;
- tish orasida qolgan oziq-ovqat qoldiqlarining og‘riq berishi;
- milklarda qichishish, qizarish, shishish, og‘riq bo‘lishi;
- tishlarning qimirlab qolishi.

Asoratlari
Tishlarning tushib ketishi, undan tashqari, parodontitni keltirib chiqargan mikroblar toksinlari qonga so‘rilishi natijasida yurak-qon tizimi kasalliklari, revmatoid artritlar, ateroskleroz, nafas olish tizimi kasaliklari, sepsiss keltirib chiqarishi mumkin.

Davolash
Davolashni shifokor nazoratida olib borish kerak. Bu kasallik sekin-asta boshlanib, uzoq davom etadi. Ko‘pchilik bemorlar asoratlar namoyon bo‘lganda, ya’ni tishlar to‘kila boshlaganda shifokorga murajaat qiladi. Afsuski bu juda kech, tishni mahkamlab turuvchi to‘qimalar ham yemirilishi boshlanganligidan dalolat. Buni tiklashning iloji yo‘q. Borini saqlashga harakat qilinadi, bu ham doimo foyda keltiravermaydi.

Gap shundaki, tishlarni ushlab turuvchi to‘qimalar galma-galdan emas, balki baravar yemiriladi. Tishlarga tushayotgan kuchga qarab biri oldin, biri keyin qimirlab tusha boshlaydi. Uy sharotida bajariladigan muolajalar yordam bermaydi. Maxsus uskunalar yordamida tish orasidagi qotishmalarni tozalab va milkdagi yallig‘lanishni davolashda har xil antibiotik, vitamin kabi dorilarni ineksiya qilishga to‘g‘ri keladi.

Kariyesli tishlarni davolash, fizoterapiya muolajalarini olish kerak bo‘ladi. Kasallikning kelib chiqishining oldini olish tishlarni saqlab qolishning samarali usulidir. Bu maqsadda stomatolog shifokor konsultatsiyasiga kamida yilda bir marta borib turish kerak. Shifokor kasallik boshlanish davrida va parodontitni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlab, davolaydi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Parodontit: milklarning yallig‘lanish kasalligini qanday aniqlash mumkin?