17:54 / 27.09.2021
2 030

Yangi kiyim sotib olishdan avval o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan 5 ta masala

Yangi kiyim sotib olishdan avval o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan 5 ta masala
Foto: Elle
Xarid amalga oshirishdan avval har bir xotin-qiz quyidagi savollarni o‘ziga berib ko‘rishi, shu asosida qaror qabul qilishi kerak.

Bu kiyim garderobdagi boshqa liboslar bilan mos tushadimi?
Yubka, shim, bluzka umuman nima xarid qilishingizdan qat’i nazar, bor kiyimlaringiz bilan qanchalik mos turishi haqida o‘ylab ko‘ring. Agar garderobingizda yangi model bilan mos tushadigan kiyim bo‘lmasa, yaxshisi bekorga pul sarflamang.

Garderobimda shunga o‘xshash narsa bormi?
Garderobingizda oddiy, qora bosonojka bor bo‘lsa yana xuddi shu rang va ko‘rinishdagisini olganingizdan nima naf? Gul printi tushirilgan ko‘ylaklarni ham shunday ko‘paytirishda mantiq yo‘q. Bu qoida bazoviy kiyimlarga taalluqli emas. Sipo ko‘rinishdagi, bezaklarsiz shim, futbolka va koftani ikkinchisi zarar qilmaydi.

Foto: Elle
Qanday matodan tikilgan?
Oddiy jinsi va futbolkaning ham qanday matodan tikilganiga e’tibor berish kerak. Plastikdan tayyorlangan tufli qanchalik chiroyli bo‘lmasin, sayyorada bir yuzlab yil bo‘lishi, parchalanganda zararli moddalar tuproqqa tarqalishi mumkinligini unutmang. Akrildan tikilgan sintetik sviter bir necha mavsumdan keyin chiqindiga tashlanmasin desangiz, tabiiy matoli modellarga e’tibor qarating. Jun matosidan tikilgan variantlar esa jonga tegishi mumkinligini unutmang.

Foto: Elle
Chegirmada bo‘lmasa ham xarid qilgan bo‘larmidim?
Ko‘pchilik sale degan yozuvni ko‘rishi bilanoq mantiqsiz fikrlay boshlaydi. Bir marta kiyiladigan yashil, keng ko‘ylakni xarid qilgandan nima foyda? Garderobingizda tiqilib yotgan mini yubkani-chi, yana bittaga ko‘paytirib nimaga erishasiz? Ushbu savollarni o‘zingizga berib ko‘ring.

Foto: Elle
Ertaga ham bu kiyimni olishni xohlayman?
Yomon kayfiyat bilan do‘konga kirib, yangi kiyim bilan xursand uyga qaytish holati ko‘pchilikka begona emas. Gap shundaki, yangi narsani sotib olish kayfiyatni ko‘targandek tuyilgani bilan, bir kundan keyin to‘g‘ri kelmasligi hamda moslab bo‘lmasligini tushunib yetishingiz mumkin. Shu sabab ham olmoqchi bo‘lgan narsangizni ertaga qoldirib, tongda to‘g‘ri qaror qabul qilish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yangi kiyim sotib olishdan avval o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan 5 ta masala