17:21 / 12.10.2021
1 716

Energiya talab qiladigan va kuchsizlanishga sabab bo‘ladigan 8 odat

Energiya talab qiladigan va kuchsizlanishga sabab bo‘ladigan 8 odat
Foto: «Domashniy ochag»
Kundalik hayotimizdagi qaysi odatlar holsizlanish va kayfiyat yomonlashishiga hissa qo‘shishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Yangilik va shoularni tomosha qilish
Gap emotsional zo‘riqtiradigan kontent haqida ketyapti. Insonda qayg‘urish mexanizmi mavjud bo‘ladi — bu boshqalarni yaxshiroq tushunish va til topishishga yordam beradi. Ammo shu bilan birga, televizor tomosha qilganda yoki yangilik o‘qiganda aynan shu mexanizm charchatishi mumkin. Energiya qayg‘udoshlikda sarflanadi va bu nafaqat yomon, balki yaxshi yangiliklarga ham taalluqli bo‘ladi. Bu sizga begona bo‘lmasa, qotillik, o‘g‘rilik va shunga o‘xshash boshqa voqealarni tomosha qilmaslik, o‘qimaslikka harakat qiling. Buning o‘rniga sayr qiling va meditatsiya bilan shug‘ullaning.

Ovqatlanish oralig‘idagi haddan ortiq katta tanaffus
Organizmning me’yoriy vazifasi uchun oqsil, yog‘ va uglevodlar kerak bo‘ladi. Ammo aqliy mehnat bilan band bo‘lganlarning miyasiga uglevod, ayniqsa, muhim. Har safar qaror qabul qilgandan keyin organizm jigarda zaxira jamlaydi. Ammo u ham 5 soatdan ko‘pga yetmaydi. Shundan keyin organizm ovqat talab qila boshlaydi. Insulin miqdori oshadi va shakar miqdori kamayadi. Bu esa jismoniy ozib ketishga olib keladi. Noto‘g‘ri ovqatlanish sabab kelib chiqadigan charchoq hissidan qochish uchun tamaddi orasida 5 soat, yaxshisi, 3-4 soat farq bo‘lishiga e’tibor qarating.

Betartib stol ustida ishlash
Ustida narsa qalashib yotgan stolda ishlash stressga hamda ko‘p chalg‘ishga sabab bo‘ladi. Oddiy ishlarni bajarish va diqqatni jamlash uchun odatdagidan ko‘proq vaqt hamda kuch sarflanadi. Shu sabab ham mutaxassislar kunni ish stolini tartibga keltirishdan boshlashni tavsiya qiladi. Tinchlantiruvchi musiqa ostida yig‘ishtirishga kun davomida 10-15 daqiqa vaqt sarflang. Bu kun davomida yaxshi kayfiyatda yurishingizga yordam beradi. Shunda ish ham oson va samarali bo‘ladi.

Haddan ortiq rejalar tuzish
Rejalashtirish hayotni osonlashtiradi. Ammo kuningiz vazifalarga boy bo‘lsa, bu sizni hozir emas, kelajak bilan yashashga majbur qiladi. Ish kuningiz maksimal darajada rejalashtirilgan, dam olish kunlaringiz ham qo‘shimcha ishlarga to‘la bo‘lsa, bu samaradorlikka salbiy ta’sir qiladi. Grafik qanchalik band bo‘lsa, diqqat qilish shunchalik kam bo‘ladi yoki aksincha — vazifani bajarishga qancha vaqt ko‘p ketsa, grafik shunchalik band bo‘ladi. Darhol hal qilinishi kerak bo‘lgan narsalarni rejalashtiring. Ammo sevimli mashg‘ulot va dam olishingizga ham vaqt qoldirishni unutmang.

Barcha qo‘ng‘iroqlarga javob berish
Telefonda gaplashish ham odamni holdan toydirishi mumkin. Gap shundaki, asab tizimi harakatlari, mimikalarini ko‘rmagan holda suhbatdoshdan qabul qilayotgan informatsiyani qayta ishlash uchun qo‘shimcha ishlashiga to‘g‘ri keladi. Diqqatni jamlash uchun 20 daqiqaga yaqin vaqt kerak bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham go‘shakni ko‘tarishdan avval to‘xtash uchun to‘g‘ri vaqtmi yoki yo‘q, o‘ylab ko‘ring. Yaqinlaringiz, hamkasb va do‘stlaringizdan telefon qilishdan avval gaplasha olasizmi yoki yo‘qligini so‘rab, xabar yozib yuborishlarini iltimos qiling. Ish bilan bog‘liq qo‘ng‘iroqlar uchun esa ishning boshi yoki oxirida maxsus tanaffus oling.

Noto‘g‘ri vaqtda to‘xtash
Favqulodda vazifa sizni chalg‘itib, ishingiz tugallanmay qoladigan bo‘lsa, diqqatingiz chalg‘ib, energiyangiz kamaya boshlaydi. Miya esa bajarilmagan ishni o‘ylab, ikki karra ishlay boshlaydi. Diqqat qancha ko‘p chalg‘isa, miyaning shuncha ko‘p kuch sarflab ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bu muammoga yechim topish uchun telefon va kompyuterga keladigan barcha xabarlarni o‘chirib qo‘ying. Boshqa bir usul esa bir vazifani bitirib bo‘lgandan keyin ikkinchisiga qo‘l urish hisoblanadi.

Mayda vazifalarni jamlash
Kimyoviy tozalashga yozilish, lampochka o‘rnatish, uydagi jonivorni hayvonlar shifokoriga olib borish — bu ishlarning har biri 5 daqiqadan ko‘proq vaqt olmaydi, lekin haftalab ortga surilsa, odamning kuchini olib qo‘yadi. Bajarilmagan ishlar haqida o‘ylash uyat hissini tuyishga sabab bo‘ladi. Odatda bunday ishlarni darhol bajarish kerak. Ammo buning iloji bo‘lmasa, quyidagi tavsiya siz uchun. Birinchidan, o‘sha ishni xayolingizdan o‘tkizavermang. Ro‘yxat tuzib, ko‘zga ko‘rinadigan joyga ilib qo‘ying. Hafta davomida shu ishlarni bajarish uchun yarim soatlik tanaffus qiling. Bu uyat hissini yo‘qotib, dofamin — rag‘bat gormonining ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Qorong‘ida uxlamaslik
Lampaning kechasi yoniq qolishi yoki yorug‘ bo‘lishi uxlashga yordam beradigan gormon — melatoninning ajralmasligiga sabab bo‘ladi. Bu uyqu va tetiklashish siklini buzib, uyqusizlik, yomon uyqu va charchashga olib keladi. Shu sabab ham uyqudan avval hatto telefondan ham foydalanmaslik tavsiya qilinadi. Yorug‘ bo‘lsa, ko‘zlar uchun mo‘ljallangan niqob taqib uxlang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Energiya talab qiladigan va kuchsizlanishga sabab bo‘ladigan 8 odat