17:50 / 12.10.2021
835

Ishlatilgan buyumlardan qaysilarini sotib olish tavsiya qilinmaydi?

Ishlatilgan buyumlardan qaysilarini sotib olish tavsiya qilinmaydi?
Foto: «Domashniy ochag»
Ko‘rinishi yangidek bo‘lgani bilan, buyumlarning ishlatilgani salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Yumshoq mebel
O‘rindiqlar, suyanchiqli yumshoq kursilar shunchaki mato va charm ostidagi biroz parolon va prujina demakdir. Professional parogenatorsiz yumshoq mebelning ichki qatlamini tozalash imkonsiz. Bu esa siz xarid qilgan buyumda bakteriya va kanalar to‘planishi mumkinligini bildiradi. Shu sabab ham ishlatilgan mebelni olayotganda egasining uyi qanday vaziyatda ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsin. Yo bo‘lmasa, uyga olib kirishdan avval yangi mebelni yaxshilab kimyoviy tozalatish tavsiya qilinadi.

Shlem (bosh kiyimi)
Velosiped va motosikl haydaganda taqish uchun mo‘ljallangan shlemlarning ustiga bir baxtsiz hodisadan keyin zarar yetmagan bo‘lsa ham, avvalgidek mustahkam bo‘lmay qoladi va sizni himoya qila olmaydi. Qolaversa, ichidagi yumshoq astarda eski egasidan ajralgan terning izlari qolgan bo‘ladi. Bu esa uning bakteriya va o‘lik teri hujayralari manbai ekanini bildiradi.

Mashina o‘rindig‘i
Avtohalokat bo‘lmagan taqdirda ham, eski egasi sotib olganidan buyon avtodagi o‘rindiqning xavfsizlik standartlari o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Unutmang, ularning aksariyati 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda xizmat qilishga mo‘ljallangan. Shunda ham xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, xavfsizlik standartlarini ko‘zdan kechirganingizga amin bo‘ling.

Yostiqlar
Sintetik bo‘ladimi yoki paryostiq, undagi zararlanishni ketkaza olmaysiz. Hatto kimyoviy tozalash markazlarida ham bir yil davomida to‘plangan teri, so‘lak, 17 xil zamburug‘ va teri qoldiqlarini bartaraf qilib bera olishmaydi. Agar gap dekorativ yostiqcha haqida ketayotgan bo‘lsa, jildini yechib, kimyoviy tozalashga bering. Qolgan vaziyatlarning barchasida tutilgan yostiq xarid qila ko‘rmang.

Kosmetika
Kosmetik vositalarni kimdandir sotib olganda boshqalar qo‘l bilan tegingan yoki teginmaganiga amin bo‘lish mushkul. Boshqa odamning terisida gerpes yoki boshqa infeksiya bor yoki yo‘qligi esa sizga qorong‘i bo‘ladi. Shuningdek, yaroqlilik muddati tugagan kosmetik vositalar allergiya yoki konyuktivitni keltirib chiqarishi mumkin.

Gilamcha
Ishlatilgan gilamcha zamburug‘ va hasharotlarning koni bo‘lishi mumkin. Xonadoningizga qo‘ygandan keyin ularning ko‘payish ehtimoli ham yo‘q emas. Sotuvchi mog‘or hidini gilamchalar uchun mo‘ljallangan shampun bilan yashirgan bo‘lishi mumkin, ammo bir necha kundan keyin u o‘zini namoyon qilmay qolmaydi.

Gril
Barbekyu pishirishga mo‘ljallangan grilning hamisha yangisini sotib olish kerak. Gap shundaki, vaqt o‘tishi bilan uning panjaralarida sarg‘ish qoplam hosil bo‘la boshlaydi. Har gal foydalanilganda u ovqatga kirib organizmga zarar yetkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Ishlatilgan buyumlardan qaysilarini sotib olish tavsiya qilinmaydi?