18:11 / 23.10.2021
782

Shakarning tashqi ko‘rinishdagi salbiy aksi

Shakarning tashqi ko‘rinishdagi salbiy aksi
Foto: Freepik
Shirinlikka bo‘lgan sevgi bolalikdan paydo bo‘ladi. Uning iste’molidan keyin kayfiyat birdaniga ko‘tarilishi bunga serotonin va dofamin ajralishi sabab bo‘ladi. Ammo bir narsani, shakar yomon kayfiyat bilan birga salomatlik, go‘zallik va yoshlikni «yuvib ketishini» unutmaslik kerak.

Shakarni kanda qilmaslik qandli diabet, semirish, saraton rivojlanishiga olib keladi, shuningdek, turli jismoniy va psixologik muammolar kuzatilishi mumkin. Bu hali hammasi emas, aynan shakar qarish jarayonini tezlashtiradi, bundan teri va ichki a’zolar ham aziyat chekadi. Shirinliksevar bo‘lmagan va konfet, pechenelardan tiyilishni istaydiganlar baribir ham o‘zlari bilmagan holda tarkibida yashirin shakar bo‘lgan mahsulotlar: salat, pasta uchun sous va yogurt iste’mol qiladi.

Ajablanarlisi shundaki, agar tananing qarishi faqat vaqt ta’siri ostida bo‘lsa, unda bu o‘zgarishlar yuzimizda taxminan 120 yilda aks etgan bo‘lardi. Atrof-muhitning salbiy ta’siri, ovqatlanish bilan bog‘liq ichki biokimyoviy jarayonlar nafaqat umr balki, go‘zallik davrini ham qisqartirishi mumkin.

Zamonaviy kosmetologiya vaqt ta’sirini o‘zgartirishi mumkinligi sir emas, ammo afsuski ratsionga e’tibor berilmasa kosmetolog-shifokor ham yordam berishga ojiz bo‘ladi. Shirinliksevarlarda kollagen sintezi deyarli natijasiz bo‘ladi.

Taxminan 50 yil avval olimlar glyukozaning teri hujayralari va ichki a’zolarga zararli ta’siri haqida ilk marta gapirgan. Shakar qondagi insulinni bir zumda ko‘payishiga olib keladi, bu esa kollagen glikatsiya jarayonini faollashtiradi. Glikatsiya – go‘zallik qotili. Shakar molekulasi, oqsil bilan bog‘lanib, bir-biriga yopishadi. Ular kollagen va elastin tolalariga yopishadi, qotib qoladi va mo‘rt bo‘lib teri tuzilishi o‘zgaradi. Shuning hisobiga epidermisning namligi, elastikligi tez yo‘qoladi, terining funksiyalari buziladi bu esa tabiiyki, yuzning tuzilishiga ta’sir qilmay qolmaydi. Teri quriy boshlaydi, ajinlar paydo bo‘ladi. Bu esa erta qarishga olib keladi.

Glikatsiya ikki karra zarba beradi: immun tizimi yopishib qolgan tolalarni g‘ayritabiiy bilib, ular bilan kurasha boshlaydi. Bu esa teri va umuman sog‘liq bilan bog‘liq turli yallig‘lanish jarayonlariga olib keladi. Shirinlik iste’mol tashqi ko‘rinishda ham aks etmay qolmaydi. Yuz charchagan, so‘lg‘in va horg‘in ko‘rina boshlaydi. Shuningdek, husnbuzar, yallig‘lanish, pigment dog‘lar, ajinlar ham ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu kabi o‘zgarishlar kuzatilganda nima qilsa bo‘ladi? Hatto zararlangan teri ham tiklanishi mumkin. Organizm birikkan kollagen va elastin tolasini zaiflashtiradi, hujayralar esa o‘zini-o‘zi yoshartiradi.

Shirinliksevarlik yuzda aks etsa nima qilish kerak?
Tozalanmagan shakar va tarkibida yashirin shakar bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishdan tiyilish kerak. Interval ovqatlanishga rioya qilish kerak. Ovqatlanish orasidagi vaqt 4 soat bo‘lsin. Yengil tamaddilarni istisno qilsa ham bo‘ladi. Taomnomaga antioksidant, vitamin va mikroelementlarga boy mahsulotlarni kiritish kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Shakarning tashqi ko‘rinishdagi salbiy aksi