11:15 / 28.10.2021
661

Uyg‘otgichdagi belgilangan vaqtni surib qo‘yish nima uchun xavfli?

Uyg‘otgichdagi belgilangan vaqtni surib qo‘yish nima uchun xavfli?
Foto: Marie Claire
Aslida butunlay ahamiyatsiz ko‘rinadigan bu odat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, shuningdek, undan qanday qilib qutulish kerakligini bilib qo‘yish zarar qilmaydi.

Ko‘pincha ertalab uyg‘otgich jiringlaganda, uning vaqti, albatta, biroz keyinga suriladi. Buning yomon tomoni yo‘q, shunchaki ko‘proq uxlash istagi, deyish mumkin. Ammo shu tarzda psixologik jarayon bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Nega uyg‘otgich jiringlaganda uyqudan turish qiyin kechadi?

Ma’lum bo‘lishicha, yangi kunning boshlanishi insonni xursand qilmasa va uni osonlashtirish uchun yetarli darajada motivatsiya bo‘lmasa, vaziyat ancha qiyinlashadi. Quvonchli voqea arafasida esa hatto erta bo‘lsa ham uyg‘onish ancha oson kechadi. Demak, erta uyg‘onish, eng avvalo, yaxshi kayfiyat bilan bog‘liq.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, depressiyadan aziyat chekadigan odamlar uchun ertalab – kunning eng og‘ir vaqti hisoblanadi, chunki ular befarqlik bilan uyg‘onadi, kelgusi kundan qiziqarli va foydali narsalarni kutmaydi. Shuningdek, ruhiy tushkunlikdan aziyat chekmaydigan, lekin bir qator muammolari – sevmagan ishi, yaqinlari bilan munosabatlardagi doimiy nizo, qarz kabi kayfiyatni buzadigan boshqa ko‘ngilsizliklarga uchragan odamda xuddi yuqoridagi holat yuz beradi. Bu kabi insonlar uchun ham uyg‘onish qiyin, chunki u yangi kunga qarshilik ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida yana muammo keltirib chiqaradi. Ammo shunday vaziyat takrorlanaversa, ahamiyatsiz odat yanada jiddiy muammolarni paydo qiladi.

Masalan, hayotning ma’nosini yo‘qotish, hissiy charchoq, asabiylik – bir muncha vaqt o‘tgach barcha muammolarning kombinatsiyasi ulkan sharga aylanadi va bu sezilarli darajada hayot sifatini yomonlashtiradi, salomatlikka ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Bundan tashqari, uyg‘otgichning vaqtini surish uyqu sifatiga va umuman tananing holatiga ta’sir qiladi. Gap shundaki, ertalab uyquning bosqichi tezlashadi. Bu uyqu sifatli va to‘liq dam olish hissini bermaydi, chunki u bir marotaba buzildi. Shunday qilib, tez bosqichdagi uyquni uzaytirish – bioritmlar ishiga aralashuv, tanadagi odatiy jadvalning buzilishi va tungi uyqu sifatini yomonlashuvi, shuningdek, uxlash jarayonida og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari, qo‘shimcha besh daqiqada yetarlicha uxlashning iloji yo‘q. Bu vaqtda tanada qon bosimining o‘zgarishi, aritmiya bo‘lishi mumkin, shuning uchun mazkur odat faqat salbiy natijaga olib boradi.

Boshda og‘riq, salbiy fikr va tashvishlar bilan uxlab, ertasi kuni ertalab yomonroq holatda uyg‘onganmaslik uchun nima qilish kerak? Agar ertalab o‘z vaqtida turish uchun motivatsiya bo‘lmasa, unda uni har kim o‘zi yaratishi lozim. Muammoning mukammal yechimi motivatsiyaga aylanadigan yangi sog‘lom odatni rivojlantirish bo‘ladi.

Masalan, odatdagidan bir soat oldin turish va kunning birinchi soatini inson o‘ziga bag‘ishlashi kerak – mashqlar qilish, kun uchun maqsadlarni belgilash, qiziqarli va foydali adabiyotlarni o‘qish, meditatsiya qilish tavsiya etiladi. Har kimning o‘z mashg‘uloti bo‘lishi mumkin, lekin asosiysi, u foyda keltirishi kerak. Bu nima uchun kerakligi, natijada nima olishni aniq tushunish kerak, boshqacha qilib aytganda, uzoq muddatli maqsadni shakllantirish kerak.

Albatta, bu unchalik oson emas – faqat eng sabrli va irodali odamlargina maqsadiga erishadi. Oldinga qo‘yilgan maqsad tufayli inson kuch-g‘ayrat, umid, tiniq ong, yangi cho‘qqilarni zabt etish istagi bilan uyg‘onadi. Ularning muvaffaqiyati uzoq kutilmaydi va o‘z orzusidagi hayotda yashash ancha osonlashadi. Shuning uchun uyg‘otgich vaqtini surib qo‘yish odati ahamiyatli yoki yo‘qligi haqiqatan ham o‘ylab ko‘rishga arziydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Uyg‘otgichdagi belgilangan vaqtni surib qo‘yish nima uchun xavfli?