13:23 / 16.11.2021
2 090

Darhol voz keching: uy sharoitida vazn ortishiga olib keladigan buyumlar

Darhol voz keching: uy sharoitida vazn ortishiga olib keladigan buyumlar
Foto: Pinterest
Nafaqat noto‘g‘ri ovqatlanish, harakatsiz turmush tarzi va kasalliklar, balki har kuni foydalanadigan odatiy narsalar vaznning ortishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, har bir uyda mavjud va muntazam ravishda ishlatadigan ba’zi narsalar gormonal muvozanat va metabolizmni buzishi mumkin. Ulardan foydalanishni to‘xtatish – bu sog‘liqqa ham, qomatga ham foyda keltiradi.

Aromatik mahsulotlar

Foto: «Domashniy ochag»
Hammasi emas, albatta, faqat ftalatlarni o‘z ichiga olganlari – xushbo‘ylantirish uchun mas’ul kimyoviy moddalar. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ftalatlar organizmda to‘planishi va metabolizmga ta’sir qilishi mumkin. Kosmetika vositalari, shampunlar va uy tozalash vositalarining yorliqlarini diqqat bilan tekshirish zarur, agar u yerda ftalatlar topilsa, ularni ishlatish tavsiya etilmaydi.

Konservalangan mahsulotlar

Foto: «Domashniy ochag»
Bisfenol A (BPA) – kimyoviy estrogenga o‘xshash modda bo‘lib, ba’zida konserva tayyorlashda ishlatiladi. Ko‘pgina hollarda bu xavfsiz, lekin yuqori kislotali ovqatlar, masalan, konservalangan pomidorlar bilan birgalikda u oziq-ovqatga, keyin esa tanaga kirishi mumkin. Sotib olishdan oldin konserva tarkibini tekshirishni unutmang.

Yelim idishlar

Foto: «Domashniy ochag»
Yuqorida aytib o‘tilganidek, xuddi shu ftalatlar plastmassalarda ham mavjud bo‘lib, qizdirilganda ular oziq-ovqatga osongina kirib boradi. Shuning uchun, hech qachon taom isitish uchun yelim idishlardan foydalanmaslik yoki ulardan issiq ovqat iste’mol qilmaslik lozim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, doimo ovqatlarni plastmassa idishda isitadiganlar, bunday idishdan voz kechganlarga qaraganda, uch baravar ko‘proq vaznga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Darhol voz keching: uy sharoitida vazn ortishiga olib keladigan buyumlar