20:27 / 19.11.2021
10 161

Ko‘z bilan bog‘liq muammolarga olib keladigan 5 kutilmagan sabab

Ko‘z bilan bog‘liq muammolarga olib keladigan 5 kutilmagan sabab
Foto: Freepik
Ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi, qizarish va shish paydo bo‘lishining sababi telefondan ko‘p foydalanishdan tashqari, boshqa sabablar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Qon tomirlarning shamollashi
Ortiqcha vazn, zararli odatlar va irsiy omillar ham qon tomir tizimiga ta’sir qilib, ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Masalan, gipertoniya arteriya va tomirlarni shikastlab, ko‘zda muammolar keltirib chiqaradi.

Infeksiyalar
Infeksiya sabab kuzatiladigan kasalliklar ham ko‘zda muammo kuzatilishiga olib kelishi mumkin. Gerpes, parazit infeksiyalar, zaxm (sifilis) sil va VICH infeksiyalar shular jumlasidan. Har bir infeksion kasallikka xos simptom boshqasidan farq qilishi mumkin. Lekin aksariyat hollarda bemor bir yoki ikkala ko‘zning qizarishi, qichishi, ko‘rish qobiliyatining susayganidan shikoyat qiladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, alomatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerak.

Qandli diabet
Ko‘zda muammo kuzatilishi qandli diabetga xos keng tarqalgan alomatlardan sanaladi. Kasallikning rivojlanish jarayonida ko‘z pardasi va qon tomirlari shikastlanishi kuzatiladi. Shu sabab ham doimiy ravishda oftalmolog va endokrinologga murojaat qilish kerak.

Autoimmun kasalliklar
Psoriatik artrit, revmatoid artrit, shegren sindromi singari kasalliklarda ham ko‘z bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin. Skleroz ham, shuningdek, ko‘z kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Bemorlar har safar ko‘zini ochib-yumganda og‘riqni his qilishadi.

Nevrologik kasalliklar
Odam organizmidagi barcha tizimlar bir-biri bilan aloqador bo‘ladi. Shu sabab ham bir qator nevrologik kasalliklar ko‘zga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bunda darhol nevrolog shifokor bilan maslahatlashish kerak. Insult eng ko‘p tarqalgan sabablardan hisoblanadi. Uning oqibati ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi ham ehtimoldan yiroq emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘z bilan bog‘liq muammolarga olib keladigan 5 kutilmagan sabab