07:30 / 24.11.2021
1 761

Insult xavfini kamaytirishga yordam beradigan 6 mahsulot

Insult xavfini kamaytirishga yordam beradigan 6 mahsulot
Foto: Freepik
Ortiqcha vazn va qon bosimining yuqori ekani insultning kelib chiqish xavfi ortishiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham ratsiondan xolesterinni kamaytirish bilan birga, arterial bosimni nazorat qiladigan mahsulotlar o‘rin olishi kerak. Qaysi mahsulotlar insultning oldini olishi haqida «Domashniy ochag» jurnali ma’lumot berib o‘tadi.

Suli yormasi
Kletchatkaning koni ekani sabab suli yormasi qondagi yomon xolesterin miqdori va arterial qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi.

Chernika
Chernika, maymunjon, qora smorodina va boshqa qizil va qora mevalarda qon tomirlarni kengaytirishga hissa qo‘shadigan antioksidantlar bisyor bo‘ladi. Qon aylanishi, qon bosimi yaxshilanadi. Yozda barra, qishda esa quritilgan va muzlatilgan mevalarni suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqalarga qo‘shib iste’mol qilsa ham bo‘ladi. Antioksidantlar qon aylanishini yaxshilab, yallig‘lanish jarayonini ham kamaytiradi. Kuniga bir marta ichilgan chernikaning bir finjoni yaxshi samara berishi aniq.

Sut
Doimiy ravishda sut iste’mol qiladiganlarda gipertoniyaning rivojlanish xavfi kam ekani Monash universiteti mutaxassislari tomonidan aniqlangan. 3 mingdan ko‘proq kishi ishtirok etgan Yaponiyada o‘tkazilgan tadqiqotda ham shunga o‘xshash natija qayd qilingan. Kuzatishlar davomida har kuni ikki stakandan sut ichish insult xavfini kamaytirishi ma’lum bo‘lgan. Gap shundaki, tarkibidagi kalsiy, magniy, kaliy yurak va qon tomirlar salomatligi uchun muhim sanaladi.

Banan
Gipertoniyasi bor kishilarga kaliy serob bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi, bu qon bosimini tushirishga yordam beradi. Banan bu borada ayni muddao hisoblanadi. Insulinga bo‘lgan sezuvchanlikni kamaytiradigan kraxmali ko‘pligi sabab shifokorlar bananning yetilib pishmagani, ya’ni yashilini yeyishni maslahat beradi.

Ismaloq
Magniy, foliy kislotasi, B va K vitaminiga boy bo‘lgan ismaloq gipertoniyasi bor odamlarda insult xavfini kamaytiradi.

Bodom
Bodom tarkibidagi monoto‘yingan yog‘lar qondagi xolesterinni nazorat qiladi. Qolaversa, ushbu mahsulot arteriyalarda zararli qatlam hosil bo‘lishining oldini oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Insult xavfini kamaytirishga yordam beradigan 6 mahsulot