07:00 / 25.11.2021
1 775

Samara berishi uchun vitaminlarni qachon qabul qilish kerak?

Samara berishi uchun vitaminlarni qachon qabul qilish kerak?
Foto: Freepik
Vitamin va minerallar organizmning me’yoriy faoliyati uchun muhim moddalar hisoblanadi. Ular organizmdagi barcha jarayonlarga javob beradi. Vitaminlar foyda keltirishi uchun bir qancha muhim jihatlarni esda tutish kerak.

Birinchidan, samaraga erishish uchun ularni bir-biri bilan to‘g‘ri umumlashtirishni bilish kerak. Ikkinchidan, har bir vitaminlar guruhi va minerallarni qabul qilish kerak bo‘lgan vaqti borligini yodda tutish kerak.

Nima uchun B guruhi vitaminlarini nonushtaga, magniy va temir moddasini uyqudan avval qabul qilish kerakligi haqida Harper’s Bazaar ma’lumot berib o‘tadi.

A, E, D, K vitaminlari
Yog‘da eruvchan hisoblangan A, E, D va K vitaminlari organizmda yog‘li taom bilan iste’mol qilingandagina yaxshi singadi. Gap shundaki, qizilo‘ngachda yog‘lar vitaminlarni qayta ishlanishi uchun jigarga yetkazib berish xususiyatiga ega fermentlarni ishlab chiqaradi.

Kalsiy
Suyak va tishlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan kalsiyni qabul qilish uchun qandaydir aniq qoida yo‘q. Ammo boshqa qo‘shimchalar bilan qabul qiladigan bo‘lsangiz, uni temir va rux moddasi bilan qo‘shish yaramaydi. Ushbu elementlarni 15 daqiqa farq bilan qabul qilish kerak. Bu vaqtda ular bir-biriga xalal bermaydi.

B guruhi vitaminlari
Organizmdagi hayot uchun muhim bo‘lgan jarayonlarda ishtirok etadigan B guruhi vitaminlari qo‘shimcha energiya bilan ta’minlaydi. Asab tizimi faoliyatini yaxshilashda ahamiyatli bo‘lgan ushbu vitaminlarni nonushta vaqti qabul qilish kerak. Bu kun davomida samarali ishlash va uyqu bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lmasligiga olib keladi.

Magniy, temir va kletchatka
Ushbu qo‘shimchalarning barini kechasi, uyqudan avval iste’mol qilish kerak. Gap shundaki, magniy susaytirishi mumkinligi uchun uni kun o‘rtasida qabul qilish yaramaydi. Shu bilan birga, kofein temirning ta’sirini kesadi, shu sabab ham kun davomida qahva ichadiganlarga ushbu moddani kechroq qabul qilish tavsiya qilinadi. Katta miqdordagi kletchatka nonushta, tushlik va kechki ovqatdagi ozuqa moddalarining singishiga yordam beradi.

C vitamini
Suvda eruvchan C vitaminini kunning istalgan qismida qabul qilsa bo‘ladi, ammo yaxshi samara berishi uchun uni bir stakan suv bilan ichish kerak. Shuningdek, temir moddasining so‘rilishini yaxshilashini yodda tutish, temir tanqisligi kuzatilganda umumlashtirish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Samara berishi uchun vitaminlarni qachon qabul qilish kerak?