13:25 / 01.12.2021
2 014

Sovuq havo organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Sovuq havo organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Foto: Marie Claire
Sovuq harorat nafaqat salomatlik, balki kayfiyat bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Marie Claire nashri qishda odam organizmida qanday salbiy o‘zgarishlar kuzatilishi haqida ma’lumot beradi.

Tromb paydo bo‘lishi
Qishda salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar, xususan, tromblar va yurak xurujining paydo bo‘lish xavfi ortadi. Haroratning keskin o‘zgarishi organizmda termik stressni keltirib chiqaradi, tana esa bunda tana haroratini me’yorda bo‘lishi uchun jadalroq ishlashiga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotlarda bularning bari qishda tromb paydo bo‘lish ehtimolini ko‘paytirishi aniqlangan. Mutaxassislarning fikricha, sovuq mavsumda ayniqsa ko‘p tarqaladigan yuqori nafas yo‘li infeksiyalari, bemorlarda tromb paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, sovuq havo qon-tomirlarni quritib, tromboz ehtimolini oshirishi mumkin degan taxmin ham yo‘q emas.

Yurak xuruji
Sal avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotda sovuq urgan kishilarning yurak xurujidan ko‘proq aziyat chekishi aniqlangan. Shvetsiyadagi Lund universiteti tadqiqotchilari kuniga o‘rtacha yurak xuruji sovuq havoda issiqqa nisbatan ancha ko‘proq kuzatilishini aniqlagan. Yurak xurujining kelib chiqishiga organizm yuzaki qon tomirlarni cheklab, sovuqqa reaksiya berishi sabab bo‘ladi, deb hisoblanadi. Bu arteriya bo‘ylab qon aylanishini ko‘payishiga ta’sir qiladi va teridagi issiqlik darajasi pasayadi. Tana qaltirashni boshlaydi, puls esa oyoq-qo‘llarni isitish uchun jadallashadi. Organizmning bunday zo‘riqishi esa yurakka salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Peshob tuta olmaslik
Fizioterapevt Kler Bornning ta’kidlashicha, sovuq havo tos a’zolariga ta’sir qilishi bu esa jiddiy muammo — peshob tuta olmaslikka olib kelishi mumkin. Elvie texnologik brendi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda 45 foiz britaniyalik ayol sovuq mavsumda hojatxonaga qatnash bilan bog‘liq muammodan aziyat chekishi aniqlangan. Sovuq qotganda qon-tomirlar tanadagi hayot uchun muhimroq bo‘lgan a’zolarga qon yetkazib berishga urinadi. Bunda qon bosimi vaqtinchalik ko‘tariladi, uni nazorat qilish uchun esa buyraklar organizmdagi istalgan suyuqlikni filtrlashga kirishadi. Oqibatda hojatxonaga qatnash muammosi ko‘p bezovta qila boshlaydi. Zo‘riqish va boshqa simptomlar kuzatilmasligi uchun bunday vaqtda organizmdagi signalni inkor qilmaslik kerak.

Barqaror bo‘lmagan kayfiyat
Sovuq mavsumda ko‘pchilik «qishki depressiya»dan aziyat chekadi. Sababi aniq bo‘lmasa-da mutaxassislar buni quyosh nurlarining yetarli emasligi bilan bog‘laydi. Quyosh nurining yetarli emasligi miyadagi gipotalamusning me’yoriy faoliyati, shuningdek, uyqu gormoni melatoninning ishlab chiqarilishiga ham ta’sir qiladi. Qolaversa, bu kayfiyat, ishtaha, uyqu va organizmning biologik soatiga ta’sir ko‘rsatadigan serotonin miqdori bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qishda mavjud sikl o‘zgarib, xavotir va hatto loqaydlikka olib keladi.

Gripp
Sovuq tushishi bilan gripp va O‘RVI kasalliklari xavfi ortib boradi. Buyuk Britaniyalik mutaxassis Konall Uotson sovuq havo grippga xos simptomlarni yanada kuchaytirishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi sabab ham ushbu kasallikka qarshi emlanish kerakligini ta’kidlaydi.

Qazg‘oq
Sovuq harorat sabab isitish tizimining yoqilishi va sut mahsulotlarini haddan ortiq iste’mol qilinishi teri kasalliklarining rivojlanishiga olib keladi. Trixolog Anabel Kingslining aytishicha, aksariyat odamlarda qazg‘oqning paydo bo‘lishiga, bosh terisidagi mikrobioma balansining buzilishi sabab bo‘ladi.

Astma xurujining qo‘zg‘ashi
Sovuq havo gripp, shamollash va boshqa kasalliklar ko‘p uchrashi mumkinligi va hayot uchun xavfli bo‘lgan astma xurujlarini keltirib chiqarishi mumkin. «Ahvolni yengillashtiradigan ingalyatorlar yoningizda ekaniga amin bo‘ling va oddiy profilaktik ingalyatorlardan ko‘rsatmaga binoan foydalanishda davom eting», — deydi mutaxassis. Shuningdek, sovuq havoni filtrlash uchun sharfdan foydalanish ham tavsiya qilinadi. Havoda nafas olishdan avval og‘iz va burningizni sharf bilan o‘rang. Qolaversa, yopiq joyda sport bilan shug‘ullanish ham bu borada foydali bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sovuq havo organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?