22:16 / 04.12.2021
3 029

Gemoglobinni qanday ko‘tarish mumkin va bu nima uchun kerak?

Gemoglobinni qanday ko‘tarish mumkin va bu nima uchun kerak?
Gemoglobin tarkibida 80 foizgacha temir bo‘ladigan eritrotsitlardagi eng oddiy oqsil hisoblanadi. Gemoglobinning asosiy vazifasi molekulalarni bir-biri bilan bog‘lash hamda ularni kislorod bilan ta’minlashdir. Shu sabab ham u bilan bog‘liq muammo organizmga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Alomatlari

Charchoq
Gemoglobin kam ekanligi asosan yengil charchoq bilan namoyon bo‘ladi. Holsizlik yengil charchoq va boshqalar ish yoki o‘qish bilan bog‘liq zo‘riqishdan tashqari, qondagi gemoglobinning keskin kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham organizmdagi signallarga befarq bo‘lmaslik, vaqtida e’tibor berish muhim.

Bosh og‘rig‘i
Doimiy ravishda bosh og‘rishi, dorilarning esa foyda bermasligi ham asosiy simptomlardan hisoblanishi mumkin. Bosh og‘rig‘ini, qolaversa, arterial bosim tushishi ham keltirib chiqarishi, bu esa oyoq-qo‘llarning muzlashiga sabab bo‘lishi mumkin.

Teri rangi
Yuqoridagilardan tashqari, teri rangida ham o‘zgarish kuzatilishi mumkin. Teridagi ko‘karish va qizarishlar, qurish va tirnoq sinishi ham gemoglobin bilan bog‘liq muammodan darak beradi.

Sabablari
Ko‘p qon yo‘qotilishi eng ko‘p tarqalgan sabablardan hisoblanadi. Bu qon tomirlar distoniyasi va burundan qon ketganda kuzatiladi. Ayollardagi menstrual sikl bilan bog‘liq muammo ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Aniq sababini bilish uchun esa shifokorga murojaat qilish muhimdir.

Shamollash, gripp singari kasalliklarda gemoglobinning tushishi kuzatiladi. Ammo organizm sog‘lomlashganidan keyin organizm tez o‘ziga keladi, surunkali kasalliklarda esa bunday bo‘lmaydi. Gap shundaki, ushbu kasalliklarda organizm temirni qayta taqsimlashga majbur bo‘ladi. Masalan, keksa odamlarda anemiya buyrak, o‘pka, jigar va asosan kechishi uzoq bo‘lgan kasalliklarda kuzatiladi. Bundan tashqari, gemoglobinning keskin kamayishiga turli parhezlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Ratsionning balansda bo‘lmasligi sabab organizmda turli muammolar kuzatiladi.

Gap shundaki, parhez taomnomasidagi mahsulotlar tarkibida temir moddasi kam bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham iste’mol mahsulotlari borasida e’tiborli bo‘lish kerak.

Stress
Kam uchrashiga qaramay, doimiy stress sabab asab tizimining zo‘riqishi ham gemoglobin bilan bog‘liq muammoni keltirib chiqarishi mumkin.

Davolash
Tarkibida temir moddasi bisyor bo‘lgan jigar, buyrak va til go‘shtini iste’mol qiling. Yo bo‘lmasa, grechka, no‘xat, loviya, chernika, shokolad hamda qo‘ziqorinni ham ratsionga kiritish tavsiya qilinadi. Ushbu mahsulotlar tarkibida temir moddasi bisyor. Go‘sht mahsulotlarini yeyishni kanda qilmang: quyon, qo‘y, mol go‘shtlarida temir moddasi 2-4 milligrammgacha bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, yormalarni yeyishni ham unutmang. Ularda temir moddasi go‘shtdan kam bo‘lmaydi. Guruch, manniy, arpa yormasi bu borada ayni muddao hisoblanadi.

Ammo ushbu mahsulotlarni ratsionga kiritishning o‘zi yetarli emas. Natijaga erishish uchun zararlilaridan, ya’ni temirning so‘rilishiga qarshilik qiladigan kalsiyga boy yeguliklardan ham tiyilish kerak. Choy va qahvadan tashqari, non, makaron va boshqa undan tayyorlangan mahsulotlar shular jumlasidan. Gap shundaki, bug‘doy va boshoqli mahsulotlar temirning organizmga singishiga to‘siq bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gemoglobinni qanday ko‘tarish mumkin va bu nima uchun kerak?