Ko‘zlarning salomatligiga turli omillar putur yetkazishi mumkin, shuning uchun ham vaqtida ko‘rilgan chora keyin davolagandan ko‘ra yaxshiroq. Masalan, sog‘lom turmush tarzi, parhez singari eng oddiy vositalar ko‘zlarimizni avaylab-asrashda juda muhim.
«Rebuild Your Vision» kompaniyasi rahbari Tayler Sorensenning ayrim tavsiyalari e’tiborga molik. Xususan, u ko‘z uchun muhim oziq mahsulotlarni sanab o‘tdi. Bular:
chernika;
uzum;
sabzi;
yog‘li baliq;
bargli yashil sabzavotlar;
kovul;
piyoz;
sarimsoqpiyoz;
tuxum.
Bulardan tashqari, mutaxassisning aytishicha, jismoniy faollik muhim — u tanada qon aylanishini yaxshilaydi, ko‘zlar ko‘p toliqmasligi uchun sutkasiga yetti soatdan ortiq uxlash hamda ko‘proq suv ichish zarur. Sorensenning ta’kidlashicha, suv kun davomida ko‘zlarni yetarlicha namlik bilan ta’minlab, ularni chang va g‘uborlardan xalos qilishda ko‘maklashadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi