17:04 / 07.12.2021
2 295

Tishlar nima sababdan rangini o‘zgartiradi? Muammoni qanday bartaraf etish mumkin?

Tishlar nima sababdan rangini o‘zgartiradi? Muammoni qanday bartaraf etish mumkin?
Foto: «Domashniy ochag»
Nima uchun tishlar rangini o‘zgartiradi? Bunga qarshi qanday kurashish mumkin? Quyida ushbu hodisaning bir nechta sabablari va vaziyatni tuzatishga yordam beradigan maslahatlar mavjud.

Tishlarni tez-tez chayish
Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak tishlarni mukammal himoya qiladi va ortiqcha kislota hamda oziq-ovqat qoldiqlarini yuvadi. Og‘izni maxsus vositalarda chayish yaxshi, lekin ayrim suyuqliklarda kislota mavjud bo‘lib, bunda tish emali zararlanadi. Agar og‘iz bo‘shlig‘ida badbo‘y hid paydo bo‘lsa, tishlarni avvalgidan ko‘proq yuvish yoki professional tozalash uchun tish shifokoriga borish tavsiya etiladi.

Nordon meva va sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilish
Misol uchun, sitrus mevalar, pomidor, ananas, ba’zi ichimliklar, salatlarga qo‘shiladigan sirka – bularning barchasini ratsiondan chiqarib tashlashga hojat yo‘q, uni suv bilan yuvish kifoya. Qora choy va sharob ichgandan keyin og‘izni suv bilan chayish ham foydalidir.

Tez-tez qahva ichish
Buning, albatta, foydali tomoni ham bor, lekin emal uchun emas. Tishlardagi qahva qoldiqlari vaqtida cho‘tka bilan yuvilmasa, tishlarning oq rangi tez orada o‘zgaradi. Ushbu tavsiya qahvani kam ichadiganlarga ham tegishli. Rad etishning hojati yo‘q, qahvani kam yoki ko‘p ichish ahamiyatli emas, muhimi tishlarni tezroq tozalashda.

Chekish
Sigareta va tamakilardagi kimyoviy moddalar tish emalini yo‘q qiladi, shuningdek, so‘lak ishlab chiqarishni kamaytiradi va milkka zarar yetkazadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilmaslik
Tishlarni kuniga ikki marta yuvishdan tashqari, tish iplari yoki hech bo‘lmaganda tishkovlagichdan foydalanish kerak. Ayniqsa, yiliga bir marta tishlarni mukammal tozalash uchun stomatolog huzuriga tashrif buyurish lozim.

Tishlarni juda qattiq ishqalash
Tishlarni cho‘tkalashda bosim va tezlik ularga yordam bermaydi, balki zarar yetkazadi. Bu, ayniqsa, pastada kuchli moddalar bo‘lsa (asosan, arzon sifatsiz pastalarga tegishi) yaqqol seziladi. Shu tariqa tish emaliga zarar yetadi. Shuning uchun tishlarni shoshmasdan, uzoqroq vaqt davomida cho‘tkani yengil harakatlantirib yuvish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tishlar nima sababdan rangini o‘zgartiradi? Muammoni qanday bartaraf etish mumkin?