date

Markaziy Osiyo savdoni $20 mlrdga yetkazmoqchi

Markaziy Osiyo savdoni $20 mlrdga yetkazmoqchi
Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro savdo hajmini $20 milliardga yetkazishni va «Made in Central Asia» brendi ostida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.

Ushbu masala Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon savdo vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishida muhokama qilindi. Tadbirning maqsadi turli iqtisodiy sohalarda savdo va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishdir.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmining o‘sishi qayd etildi. 2017 yilda bu ko‘rsatkich $3,2 milliardni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib $6,9 milliardga yetdi.

Xususan, Qozog‘iston bilan tovar aylanmasi $4 milliardga yaqinlashgan, Qirg‘iziston bilan $700 millionga, Tojikiston bilan $570 milliondan oshgan, Turkmaniston bilan esa so‘nggi besh yilda ikki barobardan ko‘proqqa – $1,15 milliard dollarga ko‘tarilgan. Ozarbayjon bilan savdo hajmi esa yil boshidan buyon 13 foizga o‘sdi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish va kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarni o‘z ichiga olgan kommyunike imzoladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy Osiyo savdoni $20 mlrdga yetkazmoqchi