12:42 / 28.01.2018
6 364

Mamlakatimiz aholisi arzon va sifatli sement mahsuloti bilan ta’minlanadi

Mamlakatimiz aholisi arzon va sifatli sement mahsuloti bilan ta’minlanadi
Respublikamiz sement ishlab chiqaruvchi korxonalari, xususan, «Qizilqumsement» AJ va «Bekobodsement» AJ sementning 1 tonnasini 500 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda (430-490 so‘m/t sotilish joyidan kelib chiqqan holda) aholi uchun sotishni tashkillashtirmoqdalar.

Hozirgi kunda respublikaning barcha yirik shahar va tumanlarida aholiga sement mahsulotini sotish savdo joylari tashkil etilmoqda. Bu haqda «O‘zqurilishmateriallari» AJ Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar respublika bozorlarida spekulyativ tarzda narxlarga aralashuvga chek qo‘yish maqsadida hamda mamlakatimiz aholisini arzon narxlarda sifatli sement mahsuloti bilan ta’minlashga qaratilgan.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Mamlakatimiz aholisi arzon va sifatli sement mahsuloti bilan ta’minlanadi