13:25 / 20.02.2018
4 738

1 iyundan O‘zbekistonda tadbirkorlar elektron savdo maydonchalarida oldi-sotdi qilishi mumkin bo‘ladi

1 iyundan O‘zbekistonda tadbirkorlar elektron savdo maydonchalarida oldi-sotdi qilishi mumkin bo‘ladi
2018 yil 1 iyundan tadbirkorlik sub’ektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari orqali tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ayrim tovarlar mazkur tartibdan mustasno.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat’i nazar, chakana savdo hisoblanadi.

Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kecha, 19 fevral kuni imzolangan “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida keltirilgan.

Farmonning to‘liq matni bilan mazkur havolada tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 1 iyundan O‘zbekistonda tadbirkorlar elektron savdo maydonchalarida oldi-sotdi qilishi mumkin bo‘ladi