Germaniya va O‘zbekiston hukumati umumiy qiymati 12,3 mln yevro miqdoridagi moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi, deb xabar berdi Sputnik.
2018 yil oxirigacha mo‘ljallangan hujjat Toshkentda imzolandi. Hujjatni Germaniya hukumati nomidan GFRning O‘zbekistondagi elchisi Gyunter Overfeld, O‘zbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev imzoladi.
“Moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim sog‘liqni saqlash sohasida loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bular xususan, O‘zbekiston viloyatlarida sil kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha loyiha doirasida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish va maxsus laboratoriyani jihozlash, shuningdek, loyihani amalga oshirishda bajariladigan tadbirlar uchun zarur bo‘lgan grantlarni ajratishdir”, — deyiladi Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan.
Qayd etish joiz, 1993 yildan buyon Germaniya hukumati tomonidan texnik va moliyaviy hamkorlik doirasida ajratilgan mablag‘lar miqdori 341 mln yevrodan oshdi.
Germaniya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi muhim hamkorlaridan hisoblanadi. 2016 yilda o‘zaro tovar almashish hajmi 520 million dollardan oshgan. O‘zbekistonda Germaniya investitsiyasi ishtirokida 100 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi