O‘zAning Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib, xabar berishicha, O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 2018 yil yanvar-mart oylarida 7,9 milliard AQSh dollarini, shu jumladan, eksport 4,1 milliard AQSh dollarini va import 3,8 milliard AQSh dollarini tashkil qildi.
Tashqi savdo aylanmasi saldosi 249,4 million AQSh dollarini tashkil etdi. Eksport tarkibida energiya manbalari va neft mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 91,4 foizga o‘sishi tabiiy gazning 2,3 martaga oshgani hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Mashina va asbob-uskunalar esa 35,4 foizga o‘sdi, shundan qozonlar, uskunalar va mexanik asboblar va ular qismlari 24,6 foizga, transformator va akkumulyatorlar 68,6 foizga, monitor va proektorlar 3,3 martaga oshdi.
Bug‘doy eksportining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,6 foizga va meva-sabzavot mahsulotlarining 51,7 foizga o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmining 49,9 foizga o‘sishiga olib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring