13:30 / 20.04.2018
4 486

Alisher Usmonov Forbes’ning yangilangan ro‘yxatida 5 pog‘ona pastlab ketdi

Alisher Usmonov Forbes’ning yangilangan ro‘yxatida 5 pog‘ona pastlab ketdi
Forbes Rossiyaning eng badavlat 200 tadbirkorini o‘z ichiga olgan navbatdagi yillik reytingni e’lon qildi.

Unda birinchi o‘rinni 19,1 milliard dollar bilan Novolipetsk metallurgiya kombinati egasi Vladimir Lisin egalladi.

Keyingi o‘rinlarda Aleksey Mordashov (18,7 milliard dollar), Leonid Mixelson (18 milliard dollar), Vagit Alekperov (16,4 milliard dollar), Gennadiy Timchenko (16 milliard dollar), Vladimir Potanin (15,9 milliard dollar), Andrey Milnichenko (15,5 milliard dollar), Mixail Fridman (15,1 milliard dollar) va Viktor Vekselberg (14,4 milliard dollar) qayd etildi.

USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov 12,5 milliard dollar bilan 10-o‘rindan joy oldi. U o‘tgan yilgi reytingda 15,2 milliard dollar bilan 5-o‘rinni egallagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Alisher Usmonov Forbes’ning yangilangan ro‘yxatida 5 pog‘ona pastlab ketdi