00:08 / 28.04.2018
5 938

Bugunning savoli: 100 ming so‘mlik muomalaga kiritiladimi yo‘qmi?

Bugunning savoli: 100 ming so‘mlik muomalaga kiritiladimi yo‘qmi?
Suratdagi banknot rasmiy emasligini aytib o‘tildi. Foto: “UzNews.uz”
“Toshkent” telekanalida bo‘lib o‘tgan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida Markaziy bank boshqaruvining rahbarlari va mas’ul xodimlari OAV xodimlarining savollariga javob berdilar.

Suhbat chog‘ida Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i Majid Tohirov internet orqali keng tarqalayotgan 100 ming so‘mlik banknota dizayni va suratlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi hamda suratdagi banknot rasmiy emasligini aytib o‘tdi.

“Bunday ma’lumotga faqatgina Markaziy bank rasmiy saytida e’lon qilinganidan keyingina, rasmiy deb qarash mumkin”, — dedi Tohirov.

Tohirov, shuningdek, 100 ming so‘mlik muomalaga kiritilishi haqida 2 hafta oldin Markaziy bankning rasmiy saytida xabar berilishini ma’lum qildi.

Bu xabarlar bugun yangilik emas.

So‘nggi paytlarda 100 ming so‘mlik muomalaga kiritilishi bo‘yicha ko‘plab xabarlar tarqalmoqda va Markaziy bank an’anaviy tarzda bu ma’lumotlarni rad etib kelmoqda. Ammo ko‘p hollarda axborot rad etilganidan so‘ng ko‘p o‘tmay Oliy Majlis Senati Kengashi bilan muvofiqlikda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan holda yangi banknotalar muomalaga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bugunning savoli: 100 ming so‘mlik muomalaga kiritiladimi yo‘qmi?