08:03 / 05.05.2018
5 214

Markaziy bank: Asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari pasayishni boshladi

Markaziy bank: Asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari pasayishni boshladi
O‘zbekistonda asosiy iste’mol tovarlarining o‘rta darajadagi narxi mart oyida 0,4 foizga kamaydi. Shu o‘rinda yanvar va fevral oylarida bu ko‘rsatkich 0,6 foiz va 0,7 foiz bo‘lgan. Bular Markaziy bankning 2018 yil pul-kredit siyosati haqidagi hisobotida qayd etilgan, deb xabar beradi Sputnik.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari va Markaziy bank kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, respublikada 4 oy ichida inflyatsiya darajasi sekinlashgan va barqarorlashgan.

«Iste’mol narxlar indeksi uslubi bo‘yich inflyatsiya darajasi yanvar (2,7 foiz) bilan solishtirilganda fevral va mart oylarida 1,1 foizga sekinlashdi va prognoz ko‘rsatkichlar doirasida», — deyilgan hisobotda.

Markaziy bank kuzatuvi asosiy iste’mol tovarlar guruhi bo‘yicha mart oyida 0,4 foizga (yanvar va fevralda 0,6 foiz va 0,7 foiz) kamayganligini ko‘rsatdi.

Joriy yil birinchi choragida iqtisodiyotning iste’mol sektorida narxlar darajasi pasayishi va barqarorlashuvining asosiy omillari: iqtisodiyotda qat’iy pul-kredit shartlarining saqlanib qolishi, yanvar mart oylarida valyuta kursini 0,5 foizda bo‘lishi, davlat byudjeti bajarilishi, ichki bozorda raqobat muhitini yaxshilash, import tovarlarining hajmini oshirish, meva-sabzavotlar import hajmi ko‘payishi hisobiga amalga oshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank: Asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari pasayishni boshladi