09:26 / 05.06.2018
4 727

O‘zbekistondan 1,5 milliard dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilinadi

O‘zbekistondan 1,5 milliard dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilinadi
O‘zbekiston yil yakuniga qadar 1,5 milliard dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilishni rejalashtirdi, deb xabar qildi “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi bosh direktori Sulton Nazarov.

Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston may oyida meva va sabzavotlarni eksport qilishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi – xorijga 120 ming tonna umumiy qiymati 150 million dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilindi.

“Qozog‘iston va Rossiya bizning asosiy bozorlarimiz bo‘ldi. Kelgusida Osiyo mamlakatlariga, masalan, Xitoy, Indoneziya, Malayziya va Janubiy Koreyaga eksport qilishni rejalashtirmoqdamiz. Yaqinda Xitoy bilan 10 ming tonna va Janubiy Koreya bilan 5 ming tonna gilos yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladik”, - deya o‘z fikrini bildirdi Nazarov.

Kompaniya mutaxassislariga ko‘ra, 2018 yil davomida eksport qilinadigan meva va sabzavotlarning 60 % Rossiyaga jo‘natiladi. Bu Rossiyaning "Magnit", X5 Retail Group, "Meridian", "Xolidey" va boshqalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar, shuningdek Qozog‘istondan reeksport orqali yetkazib beriladi.

Eksportni ko‘paytirishning yana bir yo‘nalishi bu – meva va sabzavotlarni yagona UzAgro brendi asosida yetkazib berishdir. Tajriba tariqasida Rossiya va Dubayga shu brend ostida mahsulotlarni eksport qilindi.

“Bu brend mahsulotlarni sifati va xavfsizligiga yagona yondoshuvlarni shakllantirishga imkon beradi. Buni keng targ‘ib qilish uchun birinchi navbatda joylarda sifatni nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish zarur. Bu bilan hozir shug‘ullanmoqdamiz. Kelgusi yilda biz to‘liq yagona UzAgro brendi ostida yetkazib berishga o‘tishni rejalashtirmoqdamiz”, - deb ta’kidladi Nazarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2018 yil yanvar-aprelda xorijga 115,9 million dollarlik meva sabzavotlarni eksport qildi (o‘sish 41,8 foiz). Shulardan mevalar – 17,3 foiz, sabzavotlar – 65,6 foiz va uzum – 13 foizni tashkil qildi.

Meva va sabzavotlarni eksport qilishda asosiy sheriklar – Qozog‘iston (35,4 foiz), Rossiya (13,3 foiz), Afg‘oniston (12,5 foiz), Vetnam (6,7 foiz), Xitoy (5,9 foiz), Turkiya (5,2 foiz), Qirg‘iziston (2,5 foiz), Pokiston (2,3 foiz), Eron (2 foiz) bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistondan 1,5 milliard dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilinadi